500 ga yaqin kişi AQŞning Pokiston janubidagi Karaçi şahrida joylaşgan konsulligi binosiga bostirib kirgan. Bu AQŞ va Isroilning zarbalari oqibatida Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy öldirilişi ortidan röy berdi, deb xabar qildi 1 mart kuni Associated Press. Agentlikning yozişiça, aksiyada şia mazhabiga mansub musulmonlar iştirok etgan.
Politsiya va harbiylar namoyişçilarni tarqatiş uçun kaltak va közdan yoz sizdiruvçi gaz qöllagan.
Mahalliy politsiya vakili Muhammad Javodning sözlariga köra, töqnaşuv oqibatida kamida bir kişi halok bölib, yana bir neça namoyişçi yaralangan.
Keyinroq Pokiston qutqaruv xizmati Edhi AQŞ konsulxonasi oldidagi namoyiş çoğida olti kişi halok bölgani va yana bir neça kişi yaralanganini ma’lum qildi. Bu vaqtda ayrim manbalarda qurbonlar soni 10 nafarligi haqida xabar berilgan.
Isroil va AQŞ Eronga 28 fevral kuni hujum boşladi. Tehronga yöllangan zarbalar oqibatida mamlakat oliy rahbari Ali Xominaiy halok bölgan.













