Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞga Şimoliy Koreya bilan boğliq muammoni hal qilişda «rostdan ham yordam berişi» mumkin. Bu haqda OTIH sammiti vaqtida amerikaliklar rahbari Donald Tramp ma'lum qildi.

Ammo Trampning sözlariga köra, Rossiya hamon «KXDRni erkalatmoqda».

Bu vaqtda esa Vladimir Putin KXDR muammosini darhol muzokaralar yöli bilan hal etiş böyiça AQŞ, Yaponiya va Janubiy Koreya tomonidan «köngilni töq qiluvçi signallar» berilmayotgani haqida gapirgan. Prezident şuningdek, Rossiya va Xitoy KXDRning yadroviy maqomini tan olmasligini qöşimça qilgan.

Bundan avvalroq Tramp Rossiya va butun jahon hamjamiyatini Koreya yarim orolidagi vaziyatni hal qilişda yordam körsatişga çaqirgandi.