Şukr, yurtimiz tinç, turmuşimiz farovon. Qölimizni qayoqqa uzatsak yetadi. Tadbirkorlik qilasizmi, dehqonçilik bilan şuğullanasizmi, buning uçun Özbekistonda hamma şaroitlar yaratilgan. Nima iş bilan band bölsangiz ham, qonun doirasida qilsangiz bas.
Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tomonidan boşqa idoralar bilan hamkorlikda qonun buzilişi holatlarining oldini oliş borasida ötkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida umumiy jinoyatçilik ahvoli ötgan yilga nisbatan sezilarli kamaygan. Lekin şunga qaramay ayrim şaxslar huquqbuzarliklarga qöl urişayotganliklari afsuslanarli, albatta.
“Huquq” gazetasining yozişiça, joriy yilning iyul oyida Ellikqal'a tumanida yaşovçi fuqaro K.Rahmatullayev şeriklari D.Maşaripov va I.Xudayqulovlar bilan tuman hududidagi kanalda qonunan taqiqlangan, ya'ni elektr moslamalari va boşqa qölbola usulda tayyorlangan portlovçi ov qurollaridan foydalangan holda baliq ovlaş bilan şuğullanib, davlat manfaatlariga 11 mln. sömlik zarar yetkazgan. Möynoq tumanida yaşovçi fuqaro M.Joldasbayev esa, tanişi R.Jumamuratov bilan tumandagi “Möynoq arna sanoat” unitar korxonasiga tegişli Saribas kölidan 300 metrli ov quroli bilan baliq ovlab, hayvonot dunyosiga 26 mln. 120 ming sömlik ziyon yetkazgan.
Albatta, yuqorida nomlari zikr etilgan şaxslar sud tomonidan tegişli jazo olişdi. Keltirilgan moddiy zarar ixtiyoriy undirildi. Şu örinda zararning örni töldirilgan bölsa böldi-da, deydiganlar ham bölişi mumkin. Zararning undirilişi bilan hammasi joyiga tuşib ketavermaydi. Avvalo, şaxsiy manfaat ilinjida sodir etilgan bu turdagi jinoyatlar tufayli hayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetadi.











