Norvegiyalik maktab öquvçisi köp tonnali yuk maşinasi ostida qolişiga bir baxya qoldi. Yuk maşinasining tezkor reaksiyasi sabab halokatning oldini olişga muvaffaq bölindi. The Sun şu haqidagi xabari va video bilan bölişdi.
Voqea qarama-qarşi yönalişda harakatlanayotgan avtomobilning videoregistratorida muhrlanib qolgan. Kadrlarda trassada avtobus töxtagani va undan bir neça bolaning tuşib qolganini köriş mumkin. Maktab öquvçilari avtobusning orqasiga ötib yöldan ötişga çoğlanişdi, bu vaqt ular avtobus sabab qarama-qarşi tomondan kelayotgan yuk maşinasini körmay qolişdi.
Şu payt bolalardan biri yöldan tezda öta boşlaydi. Yuk maşinasi uni bosib ketişiga bir baxya qoldi, haydovçi keskin tormozni bosadi va boladan bir neça santimetr masofada töxtaydi.












