Mogerini O‘zbekistonni Butunjahon savdo tashkilotiga kirishga chaqirdi

Foto: Reuters
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida 2018-19 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston TIV xodimi Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Joriy yilning 10 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo va Yevroittifoq» ko‘rinishidagi vazirlar uchrashuvida ana shunday hujjat imzolangan.
Qozog‘iston TIV xodimining aytishicha, hujjatda mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport, energetika, sayyohlik sohalarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shartlari belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, mazkur davlatlar Tashqi ishlar vazirlari BMT, ShHT, MDH, YeXHT tashkiloti doirasida ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olgan. Uchrashuvda ishtirok etgan Yevroittifoq vakillari Federika Mogerini hamda Neven Mimitsa Bishkek shahrida Qirg‘iziston rasmiylari bilan ham ko‘rishgan.
O‘z nutqi davomida, qolaversa jurnalistlar bilan suhbatda Mogerini asosan uch narsa katta urg‘u berdi: yoshlarni radikal g‘oyalardan qaytarish va mintaqada terrorizmni kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, Eron hukumatining yadro dasturi, Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishish.
Shuningdek, u Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistonning Butunjahon savdo tashkiloti a'zoligiga kirganini e'tirof etib, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston va Turkmanistonning faolligini ko‘rish umidida ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hududlarda mikrosanoat markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Ispaniyada ushlandi
Jahon | 11:55
-
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
Jahon | 11:45
-
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

08:52 / 25.09.2023
Belgiyada Markaziy Osiyo davlatlari elchilari Federika Mogerini bilan uchrashdi

10:02 / 16.02.2022
Sardor Umrzoqov JST rahbari bilan O‘zbekistonning tashkilotga kirishini muhokama qildi

23:20 / 25.12.2021
YeI Jahon savdo tashkilotiga Rossiyaga nisbatan 290 mlrd yevrolik da’vo kiritdi

16:14 / 18.02.2021