Qöşma ştatlar prezidenti Donald Tramp Vetnamdagi sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv vaqtidagi uçraşuviga yaxşi baho berdi. U Rossiya rahbari Şimoliy Koreya muammosini hal etişda yordam berişiga umid bildirdi.

«Vetnamdagi sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşdim. Suriya masalasi böyiça yaxşi suhbat keçdi. Umid qilamanki, u Şimoliy Koreya inqirozini hal qilişda ham yordam beradi, şuningdek, Xitoyning ham. Ösiş bor», — deya yozgan Tramp Twitter sahifasida.

«Rossiya bilan munosabatlar yaxşilanişi yaxşi holat, yomon emas... Men Şimoliy Koreya, Suriya, Ukrainadagi vaziyatni barqarorlaştirişni, terrorizm muammosini hal etişni istayman va Rossiya bunda bizga juda katta yordam berişi mumkin!», —  degan amerikaliklar rahbari.

Bundan oldinroq Tramp u va Putin örtasidagi munosabatlar yaxşiligi haqida aytib ötgandi.