Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahrida ötgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq sözladi. Nutq videosi konferensiyada iştirok etgan Kun.uz muxbiri tomonidan tayyorlangan.

Nutqning özbekça matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Muhtaram Yença janoblari! 

Qadrli Mogerini xonim! 

Hurmatli taşqi işlar vazirlari, xalqaro taşkilotlar hamda diplomatik missiya rahbarlari, konferensiya iştirokçilari! 

Xonimlar va janoblar! 

Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlaniş masalalariga bağişlangan xalqaro konferensiyaning barça iştirokçilari va mehmonlarini saxovatli Özbekiston zaminida, qadimiy Samarqand şahrida samimiy qutlayman. 

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va şaxsan Boş kotib Antoniu Guterriş janoblariga mazkur forumni ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatlagani uçun alohida minnatdorlik bildiraman. 

Uşbu zalda Markaziy Osiyo mamlakatlari taşqi işlar vazirlari, Rossiya, Xitoy, AQŞ, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Afğonistondan taşrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay Hamkorlik Taşkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti va boşqa xalqaro hamkor taşkilotlar vakillarini körib turganimdan mamnunman. 

Hurmatli konferensiya iştirokçilari! 

Bugungi Forumning neçoğli muhim va dolzarbligi uning