Britaniya matbuoti xabariga köra, Angliya futbol uyuşmasi 2030 yilgi jahon çempionatini ötkaziş uçun ariza topşirişni rejalaştirmoqda.
Bu haqda, Germaniya futbol ittifoqi rahbari Raynxard Grindel xabar bergan. Yaqinda bölib ötgan Angliya - Germaniya (0:0) örtoqlik bahsidan söng, har ikkala mamlakat futboli rahbariyati bu masalani muhokama qilib olgan.
2030 yilda jahon çempionatini qabul qilişga Xitoy ham da'vogarlik qilmoqda. Bundan taşqari, Argentina, Urugvay va Paragvay birgalikda ariza topşirişni maqsad qilgan.
Eslatib ötamiz, JÇ-2018 Rossiyada, JÇ-2022 Qatarda ötkaziladi. JÇ-2026 mezboni esa hozirça ma'lum emas.

















