Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri gubernatori kubogida muvaffaqiyatli iştirok etib, musobaqaning ham oltin va boş sovrinini qölga kiritgan Isroil Madrimov professional boksga ötişini inkor etmadi.
“Har bir musobaqada (professional boks böyiça – KUN.UZ) menejyerlar böladi. Ular professional boksga munosib boksçilarni izlab, kuzatib yurişadi. Menga ham takliflar bölayapti. Ammo hozirda men kelgusi Olimpiadani maqsad qilganman. Şundan keyin professional boksga ötiş niyatim bor”, - dedi Isroil Madrimov.

Boksçi 2017 yilgi natijalariga ham bir nazar taşlab, Osiyo çempioni va qator xalqaro turnirlar ğolibi bölganini qayd etar ekan, Germaniyaning Hamburg şahrida bölib ötgan Jahon çempionatida mağlub bölganidan tuşkunlikka tuşmasligini, uni yaxşilikka deb hisoblab, kelgusida şu kabi musobaqalarga yanada jiddiy tayyorgarlik körişini ta'kidladi.
U, şuningdek, şu yilning dekabr oyida Rossiyaning Xanti-Mansiysk şahrida Jahon kubogida iştirok etib, 2017 yilni yakunlaşini ham bildirdi.











