Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov mamlakat yöl xavfsizligini mustahkamlaş sohasidagi islohotlar juda sekin ketayotganini tan oldi hamda bu yönalişdagi işlarni mustahkamlaş haqidagi topşiriq berdi. Bu haqda u vazirlar mahkamasidagi yiğiliş davomida ma'lum qilgan.

Qirğizistonda iyul oyida mamlakat xavfsizlik kengaşining yiğilişi ötkazilib, unda yöl xavfsizligi tizimini isloh qiliş böyiça çora-tadbirlar majmuasi tilga olingandi.

Juma kuni esa Isoqov vazirlar mahkamasining favqulodda majlisini ötkazdi. U yöl-transport hodisalari haqida ogohlantiriş böyiça bölib ötdi, hamda boş vazir mamlakatda YTH sonini “juda qörqinçli” köriniş olgani haqida ma'lum qildi. Şu sababdan Isoqov bir yarim yil avval taşkil etilgan patrul militsiyasi boşqarmasini tugatiş hamda uning örnida yöl harakati xavfsizligi böyiça boş boşqarmani taşkil etiş haqida aytib ötdi. 

"Bu bosqiçma-bosqiç jarayon bölib, u yöl xavfsizligi tizimini mustahkamlaşga qaratilgan. Şuningdek, biz uşbu mahkamada boşqaruv tizimini ham özgartiramiz", - dedi Isoqov.

Boş vazir yiğiliş çoğida mamlakat xavfsizlik kengaşining iyuldagi majlisi vaqtida qabul qilingan rejaning bajarilişini tekşirdi. Rejada hammasi bölib 103 band bölib, öz içiga 148 ta tadbirni qamrab oladi – ular yöl harakati xavfsizligini oşirişga yönaltirilgan. "Rejani amalga oşiriş juda sekin ketmoqda. Barça tadbirlar öz muddatida bajarilişi lozim, rejani bajarmaslik uçun jiddiy çoralar qöllaniladi. Alohida e'tibor jarayonlarni avtomatlaştiriş, xodimlarni işga oliş, “Aqlli şahar” loyihasi, axborot tadbirlariga qaratiladi", - deya aytib ötdi u.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Qirğizistonda noyabrning faqatgina birinçi haftasida 208 ta YTH yuz berib, ularda 42 inson halok böldi va 300 dan ortiq kişi jarohat oldi.