Namangan viloyati Çust tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1991 yilda tuğilgan Ş.A. Toşkent viloyatining Parkent tumani “Çinor” şaharçasi Birlik köçasida eşigi oçiq qolgan “Neksiya” rusumli avtomaşinani olib qoçdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Körilgan çoralar natijasida, mazkur avtomaşina Ohangaron tumanidagi “Çinor” yöl-patrul xizmati postida Ş.A. boşqarib ketayotganida uşlandi. Avtomaşina texnik soz holda egasiga qaytarildi.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.











