Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ davlat rahbari Donald Tramp şanba kuni Vetnamdagi sammit doirasida qisqa muddatli uçraşuv ötkazib, Suriya böyiça qöşma bayonotni muvofiqlaştirişdi. Putin ötgan yili Amerika prezidenti saylovlariga Moskvaning aloqasi yöqligini yana bir bor ta'kidladi. Reuters şu haqida xabar berdi.
Ikki davlat rahbarining uşbu uçraşuvi iyul oyidan beri bölib ötgan birinçi uçraşuvidir. Rossiya prezidenti AQŞdagi prezidentlik saylovlariga aralaşganiga doir ayblovlarni yana bir bor rad etdi, Tramp esa Putinga işonişini aytdi.
"U har safar men bilan uçraşganida bunday qilmaganini aytadi va men unga haqiqatda işonaman", - dedi Danang kurort şahardan Vetnam poytaxti Xanoyga qarab yöl olayotgan Tramp.
"Öylaşimça, bu unga nisbatan haqoratdir va bu bizning mamlakatimiz şa'niga yaxşi iş emas", - deydi AQŞ davlat rahbari.

Respublikaçilar bilan raqobatlaşuvçi Demokratlar partiyasi siyosatçilari Tramp saylov oldi kampaniyasining Moskva bilan aloqadorligiga doir dalillarni topişga urinişmoqda. Maxsus prokuror Robert Myuller esa bu borada alohida tergov olib bormoqda, uning doirasida ştabning sobiq rahbari Pol Manafort va uning maslahatçisi Rik Geytsga nisbatan ayblovlar qöyildi. Respublikaçi prezidentning özi esa Kreml bilan kelişuvga doir bayonotlarni "safsata" deb atamoqda.
Amerika maxsus xizmatlarining xulosasiga köra, elektron tizimlarni buzib kiriş, şuningdek soxta yangiliklar va tarğibotlarni tarqatişni öz içiga olgan operatsiyaga şaxsan Putinning özi rahbarlik qilgan, maqsad - Xillari Klintonni diskreditatsiya qilib, Trampning ğalabasini ta'minlaş bölgan.
Rossiya tomon mazkur ayblovlarni bir neça marotaba inkor etgan.
Danangdagi sammit yakunlari böyiça ötgan matbuot anjumanida Putin Manafortni Rossiya bilan taxminiy aloqadorlikda ayblaşdan Trampning raqiblari manfaatdor ekanini aytgan.
"Rossiya bilan yagona aloqa - bu uning Amerika piar agentligi rahbari va ehtimol, egasi sifatida şu sohada işlaydiganlar bilan işbilarmon sifatida şartnomalar imzolaganidadir, u Ukraina bilan, şu jumladan sobiq prezident Yanukoviç bilan ham işlagan. Biroq buning Rossiyaga qanday aloqasi bor, tuşunmayman. Heç qanday! Şunçaki quruq safsata va AQŞning amaldagi prezidentiga qarşi kuraş uçun har narsani bahona qiliş. Şunday bölsa-da, yana bir bor takrorlayman, bu bizning işimiz emas, özlari hal qilişsin", - dedi RF prezidenti jurnalistlarga.














