Turkiya boş vaziri Binali Yildirim AQŞga safari vaqtida Anqaraning Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olişi sababini tuşuntirdi. Yildirimning aytişiça, uşbu bitim noilojlikdan tuzilgan. 

“Biz S-400 tizimlarini afzal körganimiz uçun emas, zarurat sababli xarid qilmoqdamiz”, deb aytgan Yildirim va Anqara dastlab havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarini NATO davlatlaridan sotib olmoqçiligi bölganini, biroq “bu borada AQŞ tomondan qöllab-quvvatlov olmaganini” qöşimça qildi. Yildirimning aytişiça, şunga qaramay Turkiya NATO qurollaridan voz keçişni istamaydi.  

Yildirimning ta'kidlaşiça, Anqaraga zamonaviy mudofaa tizimlari zarur. “Rossiya bilan hamkorlik qilişimiz zamonaviy havo hujumiga qarşi boşqa mudofaa tizimlari yöqligi sababli kerakdir”, deb aytgan Yildirim Bloomberğga bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, sentabrda Moskva va Anqara S-400 majmualari yetkazib berilişiga şartnoma imzolagan. “Rostex” davlat korporatsiyasining boş direktori Sergey Çemezov ta'kidlaganidek, uşbu şartnoma qiymati 2 mlrd dollardan köproqni taşkil qiladi.