Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bosh prokurori «ruslarning saylovga aralashuvi» ishi ortidan Kongressda so‘roq qilinadi
AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns Kongress quyi palatasidagi demokratlar oldida qiyin savollarga javob berishga majbur bo‘lmoqda. Gap shundaki, u amaldagi prezident Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi va Rossiya amaldorlarining aloqadorligi haqida yolg‘on so‘zlagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bergan.
«Biz bosh prokurorning «rus mulozimlari va saylovoldi kampaniyasi o‘rtasidagi uchrashuvdan xabari yo‘qligi» haqidagi so‘zlaridan shubha qila boshladik», deydi Vakillar palatasi Sud-huquq qo‘mitasi a'zosi.
Bundan avval, AQSh razvedka idoralari Rossiyaning 2016 yil AQShda o‘tkazilgan saylov jarayoniga aralashganini o‘z hisobotida keltirib, unda bir necha nufuzli shaxslar bevosita taxminiy uchrashuvlarni tashkil qilgan bo‘lishi aytilgandi.
Saylov kampaniyasida Donald Trampning maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan Jorj Papadopulos joriy yilning 31 mart kuni sud oldida so‘roq qilinib, uning rossiyalik amaldorlar bilan aloqasi borligi aniqlangan. Shuningdek, katta ehtimol bilan Papadopulos Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lgani aytiladi.
Endilikda bosh prokuror Jorj Papadopulos orqali Rossiyadagi tanishlariga saylov jarayoniga ta'sir o‘tkazishga yordam bergan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
02:14 / 08.11.2018
Donald Tramp AQSh bosh prokurori iste'fosini e'lon qildi
09:57 / 29.08.2018
Tramp AQSh bosh prokurorini ishdan haydash fikridan hozircha qaytdi
13:14 / 31.05.2018
Tramp «Rossiya ishi» yakunlanmaguncha bosh prokurorni bo‘shatmaydi - CNN
09:56 / 30.05.2018