AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat boş prokurori va bir vaqtning özida adliya vaziri hisoblanuvçi Jyeff Seşnsning istefoga çiqarilganini öz Tvitter akkanutida e'lon qildi.

Donald Tramp Metyu Uitakerni Jyeff Seşns örniga boş prokuror vazifasini bajaruvçi etib tayinladi.

«Biz boş prokuror Jyeff Seşnsning adliya vazirligidagi apparati boşliği Metyu Uitakerning yangi boş prokurori vazifasini bajaruvçi etib tayinlanganini e'lon qilişdan xursandmiz», — deb yozdi Tramp öz Tvitterida.

Ikkinçi tvitida u Seşnsga xizmatlari uçun taşakkur e'lon qilib, bu lavozimning doimiy egasi keyinroq e'lon qilinişini bildirib ötdi.

Bungaça AQŞ prezidenti Donald Tramp Seşnsni uning adliya vazirligidagi boşqaruvidan qoniqmayotganligini bildirib bir neça bor, jumladan omma oldida ham tanqid qilib kelayotgan edi.