Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh adliya vaziriga «Rossiya ishi» bo‘yicha talab qo‘ygan
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat adliya vaziri Jyeff Seshnsdan 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvi bo‘yicha surishtiruv ishlarida ishtirok etish haqida shaxsan so‘ragan. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp Seshnsning Rossiya bilan aloqador istalgan surishtiruvlarda qatnashmaslik bo‘yicha qarori haqida eshitib, adliya vaziridan o‘z fikrini o‘zgartirishni talab qilgan.
Qayd etilishicha, Seshns prezidentning «buyrug‘ini» bajarishdan bosh tortdi.
Shu bilan birga, manbalar so‘ziga ko‘ra, Rossiya aralashuvi bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Myuller bu holat bilan jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myuller Trampning kuyovini 7 soat so‘roq qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026