Uçqörğonlik Alişer Ahmedov bozor rastalarini aylanib yurib, tirikçilik ötkaziş uçun ajoyib ğoyalar öylab topdi. Uyiga qaytar ekan, bir neça rejalar tuzdi va Andijon şahriga qölbola usulda yasalgan moyjuvoz sotib oliş uçun yöl oldi. Tuzgan rejalarining “mahsuli” tez orada natija berdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Qölbola usulda yoğ mahsuloti tayyorlaşni közlab, noturar joyga yaşirin ravişda sex taşkil etdi. 2017 yil 18 aprel kuni Uçqörğon dehqon bozoridan noqonuniy yöllar bilan bölsa-da, çöntagini mömay daromad bilan boyitiş ilinjida har narsaga tayyor, öziga öxşagan hamtovoqlaridan çigit mahsulotini sotib oldi-yu, işxonasi sari şoşildi. 2 nafar yollanma işçi yordamida qölbola yoğni tayyor holatga keltirdi.

“Ana endi bozorga olib borib pullaş qoldi”, - deya xayolan qança foyda olişni hisoblaşga kirişdi.

Oşiğini olçi sanagan “tadbirkor” öylagan maqsadiga yeta olmadi. Boş prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Norin tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tadbirda uning noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi. Nazorat tekşiruvida A.Ahmedov taşkil qilgan yaşirin sexdagi moyjuvoz, 5 406 kilogramm paxta çigiti, 224 kilogramm kunjara, 81,6 kilogramm qölbola usulda tayyorlangan paxta yoği, turli ölçamdagi elektr simlar, yoğ quyiş uçun olib kelingan idişlar aşyoviy dalillar sifatida hujjatlaştirildi. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining xulosasiga köra, aşyoviy dalil sifatida olingan jami 81,6 kilogramm yoğ mahsuloti iste'molçilar hayoti va soğliği uçun xavfli, deb topildi.

Işbilarmon “tadbirkor”ga Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalariga köra eng kam oylik iş haqining 20 barobari davlat daromadiga uşlangan holda 2 yil axloq tuzatiş işi jazosi tayinlandi.