Eron—Iroq çegarasida yuz bergan zilzila oqibatida halok bölganlar soni 370 kişidan oşdi.

Press TV telekanali xabariga köra, ayni vaqtga kelib qurbonlar soni 407 nafarni taşkil qilmoqda. Şuningdek, zilzila oqibatida 6,7 mingdan ziyod kişi jabrlangan.

Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 372 nafarga yetgani, 2,5 ming kişi jarohatlangani aytilgandi.

Eronning Kirmonşoh viloyatida uç kunlik motam e'lon qilingan.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Içki işlar vazirligiga zarar körgan hududlar aholisini barça zarur narsalar bilan ta'minlaş haqida körsatma bergan. Şuningdek, u tabiiy ofat oqibatlarini muhokama qiliş böyiça yiğiliş ötkazgan.

Zilzila 12 noyabr kuni keçqurun Bağdoddan 204 kilometr şimoli-şarqda, Eronning Kirmonşoh şahridan esa 104 kilometr ğarbda yuz berdi. Yerosti silkinişlari öçoği 10 kilometr çuqurlikda bölgan. Zilzila magnitudasi episentrda 7,3 ballni taşkil etgan.