Işingizni özgartiriş haqidagi öy-fikrlar sizni çöçitib, öz kuçingizga bölgan işonçsizlikdan aziyat çekişga majbur qilsa, taşvişlanmang. Agar haqiqatda oldinga qarab harakatlanişni va tanlagan sohangizda muvaffaqiyatga erişişni istasangiz, bu qörquvni yengib ötiş mumkin. TheMuse bu boradagi tavsiyalari bilan örtoqlaşdi.
Olimlar miya iş özgartirişni hayotga tahdid soluvçi voqea sifatida qabul qiladi, deb hisoblaşadi. Xolms va Raening u yoki bu hodisa sabab stress darajasini ölçovçi jadvaliga muvofiq, iş özgartiriş hayotdagi eng oğir 20 vaziyat röyxatidan örin olgan.
Bu qörquv töliq asosga ega. Birinçidan, faoliyatni özgartiriş öziga köplab yangi va notaniş hodisalarni jalb etadi, ayniqsa sohangizni butkul özgartirişga qaror qilgan bölsangiz. Ikkinçidan, bu köp vaqt va kuçingizni oladi. Uçinçidan, bu moliyaviy tavakkal, zero yangi işda hammasi muvaffaqiyatli bölişini oldindan bilib bölmaydi.

Aslida biz nima uçun işimizni özgartirişga hojat yöqligiga qator sabablarni öylab topişga moyilmiz. Biz öz nufuzimiz yoki şarafimizni yöqotişdan qörqamiz, yaqinlarimiz va hatto mutlaqo begona odamlarning ta'na-daşnomlaridan çöçiymiz.
Qörquv - bu özingizni muvaffaqiyatsizliklardan himoyalaşga bölgan uriniş ekanini anglab yetişingiz bilan, uni yengib ötişga muvaffaq bölasiz.
Karerani özgartiriş — bu sizning muvaffaqiyat va maqsadlarga erişiş yölining bir qismi. Agar avvalgi işingiz sizni qoniqtirganida edi, yangi iş izlaş va özingizni yangi yönalişda sinab köriş istagi tuğilmagan bölardi.
Barça qörquvlaringizni oldindan belgilab oling
Nima uçun işingizni özgartirişingiz kerakligiga asos böla oluvçi sabablar röyxatini tuzing. Bu yölda nimadan çöçiyotganingizni sanab öting. Söz kelganda ayamang. Qat'iy qadam qöyişga xalaqit berayotgan barça qörquv, gumonlaringiz va anglaşmovçiliklarni "qoğozga tökib soling".
Uşbu röyxatni közingiz tuşadigan joyga joylang. Bu sizga işni özgartiriş qiyinçiliklarni yengib ötişga arzişini yodga solib turadi.


















