«Barselona» hujumçisi Lionel Messining yangi şartnomasi haqida miş-mişlar juda köpayib ketgan. Ba'zilar uning yangi şartnomaga imzo qöyganini gapirsa, boşqalar bu xabarni inkor qilmoqda.
Bu safar La Liga rahbari Xaver Tebas şu haqdagi ma'lumotlari bilan örtoqlaşdi.
«Messi şartnomani uzaytirdi. Barça qoğozlar rasmiydir. Agar meni heç kim aldamagan bölsa, bu haqiqat», — deb Tebas sözlarini keltirmoqda Marca.
Avvalroq, «Barselona» boş direktori Oskar Grau klub Lionel Messiga umrbod şartnoma taklif qilmoqçi ekanini aytgan edi.
Eslatib ötamiz, argentinalik töpurarning amaldagi şartnomasi 2018 yil yozigaça möljallangan.












