QHTBT portalida Mehnat kodeksiga kiritiladigan özgartirişlar va qöşimçalar loyihasining davomi joylaştirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Kreditni qoplaşga – barça iş haqi
Iş beruvçi xodimning arizasiga binoan uning iş haqini yoki uning bir qismini u olgan kreditni qoplaş hisobiga bank yoxud kredit taşkilotiga ötkazişi mumkin. Bu iş haqidan çegirib qoliş hisoblanmaydi.
Bekor turib qolişda minimal tölov kafolatlanadi
Hozir xodimning aybisiz bekor turib qolişda uning örtaça iş haqi miqdorida haq tölanadi. Loyiha bilan örtaça iş haqining 50 foizidan kam bölmagan minimal tölovni kafolatlaş taklif qilinmoqda. Bunda qonunda yuqori çegara belgilanmaydi, u jamoa şartnomasida yoki kasaba uyuşmasi qömitasi bilan kelişilgan holda belgilanadi.
Biroq, agar bekor turib qolişda xodimning aybi örnatilsa, şu davr uçun unga tölangan iş haqi undirib olinadi.
Samarasiz boşqaruvçilarga mukofotlar berilmaydi
Ustav kapitalida davlat uluşi bölgan xöjalik yurituvçi sub'yekt faoliyatining samaradorligi qoniqarsiz yoki past deb topilgan yoxud baholanmagan taqdirda boşqaruv va kuzatuv kengaşlari a'zolari (ştatdagilardan taşqari) uçun rağbatlantiruvçi tusdagi tölovlar (mukofotlar, ustamalar, qöşimça haq) amalga oşirilmaydi.
Örindoşlar uçun – soatbay tölov
• Soatbay tarif stavkasi böyiça;
• töliq bölmagan iş vaqti rejimida;
• örindoşlik böyiça işlaydiganlarga. Hozir örindoşlar mehnatiga haq tölaş mehnat şartnomasiga muvofiq mehnatga haq tölaşning işbay şaklida - haqiqatda bajarilgan iş uçun yoki mehnatga haq tölaşning vaqtbay şaklida - işlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oşiriladi;
• uzrli sabablarga köra (kasallik, ta'til, davlat, jamoat va harbiy majburiyatlarni bajariş va hokazo) belgilangan iş vaqti me'yorini işlamaganlarga nisbatan mehnatga soatbay haq tölaşni joriy etiş taklif qilinmoqda.
Vaxta işlari, me'yorlaş va örtaça oylik iş haqi hisob-kitobi bayon qilinadi
Vaxta iş usuli xodimning doimiy yaşaş joyi yoki iş beruvçining joylaşgan joyi ança olis bölganda hamda xodim har kuni yaşaş joyiga kelişining imkoniyati yöq bölganda qöllaniladi.












