Turkmanistonda Özbekiston madaniyati kunlarini ötkaziş uçun 57 kişidan iborat delegatsiya Turkmaniston davlat madaniyat markazining Maqom saroyida Özbekiston madaniyati kunlarining tantanali oçiliş marosimini ötkazdi.​ Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan. 

16 noyabrga qadar davom etişi rejalaştirilgan madaniyat kunlarida iştirok etiş uçun Özbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Sardor Rahimxon, Yulduz Turdiyeva, Jenisbek Piyazov, Ziyoda Qobilova, Özbekistonda xizmat körsatgan suxandon Dildora Rustamova hamda "Navröz" raqs ansambli Turkmanistonga taşrif buyurgan. 

Katta va kiçikni birdek xursand etgan mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 martdagi P-4882-son farmoyişi ijrosini ta'minlaş maqsadida taşkil etilgan. 

Şuningdek, ​YuNeSKO, Qozoğiston madaniyat vazirligi, Qozoğistondagi Turkiston şahar hokimligi, Xalqaro Turksoy taşkiloti tomonidan “Turkiyzabon xalqlarning 2017 yilda madaniy markazi” deb e'tirof etilgin Turkiston şahrida “Turkiy xalqlar amaliy san'ati" festivali öz yakuniga yetdi.

​Festivalda Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Özbekiston amaliy san'at ustalari iştirok etişdi.​ Tadbirda Xorazm viloyati Xonqa tumani Jayhun Qöğirçoq teatri badiiy rahbari​ Kulyazov Mansur boşçiligidagi delegatsiya özbek amaliy san'atining miniatyuraçi-rassomlik, yoğoç öymakorligi va milliy qöğirçoqsozligini namoyiş qil​di. 

Festival söngida, özbekistonliklar Turksoy taşkilotining  maxsus sovğasi – Xoja Ahmad Yassaviy bobomizning muhrlari aks ettirilgan alohida mukofot bilan taqdirlangan.