Aql, bilim yaxşilik yölida işlatilsa, sohibiga obro‘, martaba keltiradi. Ammo ilmni qinğir yölga sarflamoqçi bölgan kişi puşaymon bölişi tabiiy hol.

Firdavs Qobilov (ism-familiyalar özgartirilgan) birovning aldoviga kirib, çuv tuşişiga bir baxya qoldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Qöl telefoni jiringlab, taniş ovoz eşitildi.

-  Firdavs, yaxşimisiz? Bir uçraşsak, degan edim. Öşa, ötgan yildagidek...

-  Men bu işni qilolmayman. 

-  Xöp, deya qoling... Ertaga "Karvon bozor"da uçraşaylik. Xafa qildirib qöymayman. Bu yil omad çopsa...

Firdavs ayolning sözlarini tinglar ekan, ötgan yilgi holat esiga tuşdi. Kimningdir örniga kirib, testni yeçib çiqqan bölsa-da, kelişilgan pulni ololmagan edi.

Kelişilganidek, “Karvon bozor” hududida uçraşib, 30 iyul kungi rejalarni tuzib olişdi.

Buxoro şahridagi “Bahor” kafesi oldida turgan sariq rangli taksi tomon boşlab kelgan Muborak Firdavsni tinçlantirgan böldi.

-  Bu kişi Rohila opa böladi. Opa, men aytgan bola şu. Ammo u pulni olmay turib, testni yeçib bermayman, deyapti, - dedi Muborak yonidagi ayolga yuzlanib.

Firdavs test savollarini yeçişi kerak bölgan kişining pasporti bilan DTM qoğozini olib, taksidan tuşdi. Biroq test javoblari çiqqanida natija kutilganidek bölmadi. Endi Muborak Rahimova “niqob”ini yeçib, bu bolaga kimligini körsatib qöyiş kerakligini öylab, köngliga qora niyat örladi.

Öşa taksi bilan keçki payt Firdavs yaşaydigan manzilga kirib bordi.

-  Sen men bilan öyin qilma! Olgan 3 ming dollarni qaytarib bermasang, şaharlik bolalarga ayttiraman-da, tuğilganingga puşaymon qildiraman.

-  Iye, opa, nega tuhmat qilayapsiz?! Men sizdan qaçon pul olibman?!

-  Ha, ana endi özingga kelayapsan. DTM qoğozlari bilan birga olgan eding.

Firdavs dong qotib qoldi. Taniş opaning tuhmatlaridan boşi gangidi. Bu yoği qandoq böldi, endi?! M.Rahimova ham böş kelmadi. Vaqtni boy bermay, Buxoro şahar IIBga barça holatlarni bayon etib, ariza yozdi. Fuqaroning murojaati tegişli tartibda rasmiylaştirildi va Buxoro şahar IIBning hudud profilaktika inspektori O.Akramovga ijro uçun yönaltirildi.