Foto: BarcroftMedia/TASS

Indoneziyaning Açex viloyatidagi Ujong Kareng plyajiga 10 ta kaşalot çiqib qoldi. Tabiatni qöriqlaş departamenti qutqaruv operatsiyasini taşkil etgan. Operatsiyaga mahalliy aholi ham qöşilgan. Odamlar kitlarning tanasini namlab va sovitib turiş uçun özlari bilan adyollar va soçiqlar olib kela boşlaşgan. Kitlarga arqon boğlab, ularni patrul katerlari yordamida tortib, suvga tuşirişga muvaffaq bölingan. 

Biroq hamma kitlarni ham qutqarişning iloji bölmagan: ulardan 4 tasi nobud bölgan.

Foto: BarcroftMedia/TASS

Mutaxassislar kitlarni plyajga otilişga undagan sababni aniqlaşga tuşib ketişdi. 

Foto: BarcroftMedia/TASS

Kaşalotlar dunyodagi eng katta jonzotlardan biri bölib, tişli kitlardan eng yirigi hisoblanadi. Katta yoşli erkaklarining uzunligi 20 metrga va oğirligi 50 tonnaga, urğoçilarining uzunligi 15 metrga va oğirligi 20 tonnaga yetadi.

Foto: BarcroftMedia/TASS
Foto: BarcroftMedia/TASS
Foto: BarcroftMedia/TASS