Xalqaro EPSON International Pano Awards tanlovi 2017 yilgi ğoliblarni e'lon qildi. Hakamlar hay'ati tanlovda professional va havaskor suratkaşlardan yuborilgan 5 mingdan ortiq fotosuratlardan eng munosiblarini tanlab oldi. Ria.ru panoramali surat janri ğoliblarini taqdim etmoqda. 

Foto : Francisco Negroni/ The EPSON International Pano Awards

EPSON International Pano Awards tanlovi iştirokçisi Frantsisko Negronining “Kalbuko vulqoni” surati “Tabiat/peyzaj” tasnifida ikkinçi örinni oldi.

Foto : Darren Moore/ The EPSON International Pano Awards

“Havaskor fotosuratçi” tasnifi ğolibi, britaniyalik Darren Murning “Önta uyça” nomli surati. 

Foto : Akira Matsui/ The EPSON International Pano Awards

Hakamlarning videotasvirga oliş jarayonida olingan eng yaxşi surat uçun maxsus sovğasi Akura Mitsuiga nasib etdi. 

Foto : Katherine Keates/ The EPSON International Pano Awards

“Aks mozaikasi” işi Katerina Kits ijodiga mansub. U “Antropogen muhit/arxitektura” tasnifida ikkinçi örinni oldi. 

Foto : Juan Pablo de Miguel Moreno/ The EPSON International Pano Awards

“Fliş. Ispaniya Sumayyasidagi tabiiy fenomen”. Fotograf Xuan Pablo de Migel Moreno “Raqamli san'at” tasnifida ikkinçi örin sohibi.