«Oliy liga talabiga javob beradigan klublar 12tadan ham kam bo‘lishi mumkin»

OFK sobiq xodimi Alisher Nikimbayev O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Jumladan, Alisher Nikimbayev Oliy ligada qatnashayotgan klublarning soni emas, sifati muhim ekanini ta'kidlar ekan, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Oliy liga formatini o‘zgartirish va klublarni litsenziyalash bo‘yicha talablar kuchaytirgani mana shu sifatni ta'minlashga xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdi.
«Men OFKda ikki yil davomida litsenziyalash masalalari bilan shug‘ullanganman. Lisenziyalash jarayoni futbolni rivojlantirish uchun eng asosiy instrument. Federatsiya mana shu instrumentdan foydalanayotgani meni xursand qilmoqda. Avvallari litsenziyalash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmagan. Masalan, «Obod», «Sho‘rtan» kabi klublar litsenziyalash talablariga javob bermaydi. Lekin ularga Oliy ligada ishtirok etishga ruxsat berilgandi. Lisenziyalashda asosiy tamoyillardan biri klublarning o‘z futbol maktabi, mashg‘ulot maydonlari bo‘lishi hisoblanadi. Lekin biz yaxshi bilamizki, «Obod» klubining o‘z futbol maktabi yo‘q.
Agar klublarni litsenziyalash bo‘yicha saralaydigan bo‘lsak, balki Oliy liga talabiga javob beradigan klublar 12tadan ham kam qolar. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak», deydi Alisher Nikimbayev .
Bundan tashqari, futbol mutaxassisi Oliy liga klublaridagi murabbiylar masalasiga ham e'tibor qaratish kerakligi ta'kidlab o‘tdi. Hozirda milliy chempionatimizdagi klublarning yarmidan ko‘prog‘ida yosh murabbiylar faoliyat yuritayotgani, ushbu murabbiylarning malakasini oshirish uchun Malayziya, BAA, Rossiya kabi davlatlarda o‘quv seminarlari tashkil qilish zarurligini ham qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
Jahon | 22:39
-
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 20:52
-
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
O‘zbekiston | 20:32
-
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
O‘zbekiston | 20:16
Mavzuga oid

15:21 / 20.01.2023
«Qatar Saudiyani ilhomlantirdi». JChda 35ta o‘yinda ishlagan o‘zbekistonlik mutaxassis bilan intervyu

18:19 / 03.08.2022
«Intervyularimdan keyin ayrimlar o‘zini yomon his qilyapti». Alisher Nikimbayev bilan ochiq suhbat

18:38 / 30.08.2019
Nikimbayev: «Navbahor»dagi murabbiylar beqarorligi «sahna orti fitnalari» bilan bog‘liq»

23:48 / 17.06.2019