Maşhur futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev «Bunyodkor» sport direktori Davron Şoqurbonovning PFLga vaqtinçalik yangi rahbar qilib tayinlanganiga izoh berdi.

Avvalroq, Şoqurbonov va Ravşan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatovning kelişilgan öyinlarda iştirok etganlikda ayblanib, 2007 yilda futboldan çetlatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Davron Şoqurbonov

«Şoqurbonovning tayinlanişi bilan boğliq ba'zi xabarlarga izoh berişni istayman.

1. Ha, bunday qaror qabul qilingan. Ammo tez orada bekor qilingan. Röyxatdagi deyarli barça insonlar yakunda oqlangan. Eng yorqin misol – Jahongir Saidov, u 2018 yili jahon çempionatida ham işladi.

2. Federatsiyada işlaydigan xodimlarning aytişiça, bu qaror maşhur şaxs taşabbusi bilan qabul qilingan. U «Quruvçi»ga qarşi öyinda «Paxtakor» darvozasiga penalti belgilagan Ravşan Ermatovni jazolamoqçi bölgan. Ammo Ravşan Ermatov Kanadada ötkazilgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatiga çaqiruv olgani bois, jazodan qutulib qolgan. Biroq uning yaqin döstlari va otasi esa röyxatga kiritilgan. Mirabror Usmonov tezda vaziyatga töğri baho berib, bu qarorni bekor qilgan. Oqlanganlarning deyarli barçasi yana hakamlikka qaytgan, faqat Şoqurbonov «Bunyodkor» klubiga işga ötib ketgan.

Demak bu maqolani yozgan jurnalist yolğon ma'lumot bermagan. Ammo haqiqatni ham töliq yoritmagan.

Şoqurbonov haqida gapiradigan bölsam, unda nafaqat hakamlik tajribasi bor, balki «Bunyodkor» klubi, Toşkent şahar Futbol Federatsiyasi va Respublika oliy sport mahorati maktabida ham işlagan. Menimça u PFLni boşqarişga loyiq», - deb yozdi Nikimbayev.