«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu klubda öziga bölgan munosabatdan norozi bölmoqda.
AS xabariga köra, portugaliyalik töpurar bir neça sabablar tufayli klubni tark etişga qaror qilgan.
Avvalo, u yozda Kilian Mbappe transferiga bölgan qiziqişdan norozi bölgan. Hatto, agar yoş iqtidor «Real»ga kelsa, klubni tark etişga ruxsat olgan. Biroq, Mbappe transferi amalga oşmagaç, Ronaldu klubda qolgan. Yuz bergan voqeaga kompensatsiya sifatida, u maoşining oşirilişini talab qilgan.
Ikkinçi sabab - «Real»ning Neymarga bölgan qiziqişi. Ronaldu uni öziga raqib bölişini va kelajakda örnini egallaşi mumkinligini juda yaxşi tuşunib turibdi. Bu esa uni darğazab qilmoqda.
Norozilik uçun yana bir sabab - Neymar va Lionel Messining maoşi. Kriştianu dunyoda eng köp maoş oluvçi futbolçi bölişni istayapti, biroq «Real» uning iştahasini qondirmoqçi emas.
Nihoyat, Ronaldu soliq idoralarining e'tirozi bilan boğliq muammoga ega. Ispaniya soliqçilari futbolçidan 15 million yevro talab qilmoqda, «Real» hujumçisi esa heç qanday qonun buzmaganligini ta'kidlamoqda.












