Aksariyat sayyohlar uchun aeroportlardagi tirbandliklar — ortiqcha noqulaylik va vaqt demak. Parvozlar orasidagi kutish soatlari — sabr sinovi: terminallarning sovuq binosini aylanish, dyuti-fridagi rastalarni ko‘zdan kechirish ko‘pchilikni tez toliqtiradi. Biroq dunyoda shunday aeroportlar borki, ularda bo‘lish yorqin va qiziqarli sayohatning bir qismiga aylanadi. "Tonkosti turizma" nashri ushbu aeroportlar haqidagi ma'lumotlar va suratlar bilan bo‘lishdi.
1. Changi, Singapur
Singapurdagi Changi aeroporti — haqiqiy ko‘ngilochar markaz. Reyslar orasida ikki soat bo‘sh vaqt bo‘lsa, bu yerda jonli tabiat olamiga sho‘ng‘ish mumkin. T1 terminali tomida Afrika va Amerikadan keltirilgan yuzlab turdagi kaktus va sukkulentlardan iborat ajoyib bog‘ yaratilgan. T2 terminalida kungaboqar va orxideyalar gullaydi, T3'da esa - kapalaklar olami.
Changi restoranlarida Osiyo oshxonasi shedevrlari bilan mehmon qilishadi va choy marosimlarini o‘tkazishadi. Kinoteatrlar, o‘yin avtomatlari, suzish havzasi, spa-markaz, art-hudud - bu yerda zerikishga vaqt ham bo‘lmaydi, keyingi reys yoddan chiqmasa bo‘lgani. Eng yaxshi hordiq — 5,5 soatdan oshiq tanaffus qilishiga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchilar uchun Singapur bo‘ylab bepul turlar. T2 va T3 terminallaridan kuniga bir necha marta gidli avtobuslar yo‘lga chiqib, shaharning eng go‘zal nuqtalarida to‘xtaydi: Kichik Hindiston, Chayna-taun, Merlion parki va boshqalar. Buyuk Britaniyaning Business Traveller jurnali versiyasiga ko‘ra, Singapur aeroporti 27 yil ketma-ket dunyoning eng yaxshi aeroporti maqomini olgan.

"Kinetik yomg‘ir" installyatsiyasi: 1216 bronza tomchi samolyot, havo shari va hatto varrak kabi 16 shakl va naqshga aylanadi.




































