AQŞ prezidenti Donald Tramp Osiyoga safari davomida köplab yangi döstlar orttirganini aytdi. Tramp bu haqda Filippindan AQŞga parvozi vaqtida muxbirlar bilan suhbatda ma'lum qildi.     

“Bu ajoyib 12 kun böldi. Menga juda yoqdi. Eng yuqori darajadagi köplab yangi döstlar orttirdim”, deb aytgan Tramp.

Uning aytişiça, “bu juda muvaffaqiyatli safar” böldi. U bu safarning natijalaridan biri sifatida 300 mlrd dollardan kam bölmagan qiymatdagi amaliy kelişuvlar tuzilganini va bu qiymat yaqin orada 3 marta köpayişi mumkinligini ta'kidlab ötgan. 

“Fikrimça, mehnatlarimiz natijasi gap xalqlarimiz xavfsizligi, dunyoning tinçligi yoki savdo haqida ketadimi, aql bovar qilmas darajada böladi. Bu haqiqatan ham juda qimmatlidir”, deb qöşimça qilgan Tramp.

Avvalroq Tramp 15 noyabrda Şimoliy Koreya böyiça bayonot berişi va Osiyo böylab safari natijalariga yakun yasaşini ma'lum qilgan.