2017 yilning 14 noyabr kuni Madrid şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligi taşqi işlar va hamkorlik vaziri Alfonso Dastis bilan uçraşdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Taşqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştirişda istiqbolli yönalişlarga alohida e'tibor bergan holda davlatlararo aloqalarning köplab masalalari batafsil muhokama qilindi hamda «Özbekiston-Yevropa Ittifoqi», «Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi» doirasidagi özaro hamkorlik körib çiqildi va muhim xalqaro muammolar töğrisida fikr almaşildi.

Ostona şahrida 2017 yilning 9 iyun kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ispaniya qiroli Filipp VI bilan uçraşuvi azaldan işonçli va konstruktiv xususiyatga ega Özbekiston hamda Ispaniya muloqotining muhim bosqiçi bölganligi mamnuniyat bilan ta'kidlandi.

Ispaniya tomonining iltimosiga köra, A.Komilov Özbekiston Respublikasi prezidentining 10 noyabrda Samarqand şahrida bölib ötgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiyada sözlagan nutqining asosiy vaziyatlari va forum yakunlari töğrisida sözlab berdi.

Suhbatda, özaro tovar aylanişining ösişi, işlab çiqariş va boşqa sohalardagi qöşma loyihalarni amalga oşiriş har ikki tomon uçun ham birdek foydali ekanligini inobatga olgan holda Özbekiston va Ispaniya işbilarmon doiralari örtasida töğridan-töğri biznes aloqalarini örnatiş va kengaytiriş uçun diplomatik qöllab-quvvatlaşga tomonlar tayyor ekanliklari tasdiqlandi.

Şuningdek, uçraşuvda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantiriş masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga yetgaç, vazirlar Özbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi örtasida aviaqatnov töğrisidagi bitim va Özbekiston Respublikasi hukumati bilan Ispaniya Qirolligi hukumati örtasida xalqaro avtomobil taşuvlari töğrisidagi bitim imzoladilar.

Mazkur hujjatlar transport-kommunikatsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş uçun huquqiy asos yaratadi, şuningdek, ikki mamlakat milliy yuk taşuvçilarining qatnov geografiyasini kengaytiş imkonini beradi.