Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toşkent yuridik kollejida öquv-tarbiya jarayonini taşkil etiş va uning mazmunini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.

Hujjatda aytilişiça, Özbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş, sifatli ta'lim xizmatlaridan foydalanişni kengaytiriş, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, jismonan soğlom, ma'naviy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy qaraşlarga ega va Vatanga sadoqatli yoşlarni tarbiyalaş, şuningdek demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş jarayonlarida ularning ijtimoiy faolligini oşiriş borasida keng kölamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Şu bilan birga, ta'lim sohasiga oid islohotlarda ayrim örta maxsus, kasb- hunar ta'limi muassasalarining ta'lim jarayoni töliq qamrab olinmagani qayd etiladi.

Xususan, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toşkent yuridik kolleji (keyingi örinlarda kollej) faoliyatini monitoring qiliş natijasida qonun hujjatlarining doimiy ravişda buzilişiga yöl qöyilgani va buning oqibatida kollejdagi muhit va öquv-tarbiya jarayoni izdan çiqqani, jumladan:

kadrlarni tanlaş va ular bilan işlaş amaliyoti notöğri taşkil etilgani, xususan, oşna-oğaynigarçilik, uruğ-aymoqçilik va mansabni suiiste'mol qilişga yöl qöyilgani, şuningdek, pedagoglar qönimsizligining yuqoriligi va ularning kasb darajasi keskin pasayib ketgani;

ijro intizomining pasaygani, yuqori idoralarning topşiriqlari va körsatmalarini oçiqçasiga rad etiş, iş yuritişga mas'uliyatsizlik bilan yondaşiş;  

öquv jarayonini taşkil etiş böyiça belgilangan tartibning qöpol buzilişi, öquvçilarning darslarga qatnaşişini nazorat qilişdagi loqaydlik, darslarda uzilişlar bölişiga öqituvçilarning özlari sabab bölayotgani;

turli “foydali” tadbirlar ötkaziş bahonasida nohaq yiğimlar yiğilişi, rahbariyat, pedagoglar, öquvçilar va ularning ota-onalari örtasida özaro munosabatlar yomonlaşgani, öquvçilarning bilim darajasi asossiz ravişda oşirib baholangani, bitiruvçilarga diplomni rasmiylaştiriş va topşirişda belgilangan normalarning buzilişi holatlari;

xulqi buzuq öquvçilar bilan alohida işlaşga yuzaki yondaşilgani, öquvçilarning ma'naviy va intellektual fazilatlarini, ijtimoiy faolligini oşiriş böyiça ota-onalar bilan nomigagina suhbat ötkazilayotgani, öquvçilarning ma'naviy va intellektual sifatlarini mustahkamlaşda, ularning ijtimoiy faolligini oşirişda ota-onalar tomonidan kollejlar ma'muriyatiga va pedagoglar jamoasiga yordamni taşkil etiş borasida özaro amaliy hamkorlikning yöqligi;