Jahon | 08:20 / 15.11.2017
10339
2 daqiqa o‘qiladi

Zimbabve poytaxtida portlashlar sodir bo‘ldi

Foto: Twitter

Zimbabve poytaxti Xarareda vaziyat keskinlashmoqda. Shaharda kamida uchta portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Axborot agentligining ta'kidlashicha, ko‘chalarda harbiy mashinalar va o‘tkinchi odamlarga hujum qilayotgan qurollangan askarlar kuzatilgan. 

Portlashlar sababi hozircha noma'lum. Ma'lum qilinishicha, harbiylar milliy telekompaniya ZBC bosh qarorgohini bosib olishgan.

Avvalroq Xarare yaqinida zirhli texnika harakatlanayotgani kuzatilgani ma'lum qilingandi. 

O‘tgan haftada mamlakatning ko‘p yillik rahbari, 93 yoshli Robert Mugabe vitse-prezident Emmerson Mnangagvani davlat to‘ntaruviga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab, iste'foga chiqargandi. Mnangagva armiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va Mugabening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy da'vogar sifatida qabul qilingan. 

Shundan keyin mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Konstantino Chivenga Zimbabveda siyosiy beqarorlik avj olishini to‘xtatish maqsadida vaziyatga “aralashish”ga va'da bergan.

Zimbabvening hukmron partiyasi Chivengani sotqinlikda ayblab chiqqan. Partiyaning fikricha, Chivenganing oxirgi bayonotlari yaqqol “tinchlikni izdan chiqarish va isyon ko‘tarishga” qaratilgan. 

Mavzuga oid