Ularning juda köpçiligi uçun JÇ-2018 sönggi uriniş edi. Tört yillikning eng nufuzli musobaqasida sönggi marta iştirok etiş imkoniyatiga ega bölganlar bundan mahrum bölişdi. Ammo röyxatimizda kelgusida bu imkoniyatni qölga kiritişi mumkin bölganlar ham topiladi. Tribuna.Uz Rossiyada bölib ötadigan JÇda iştirok etmaydigan yulduzlarni sanaydi.
Per-Emerik Obameyang, Gabon

Dunyoning eng tezkor futbolçilaridan biri bölgan Obameyaning terma jamoa tanlaşda omadi yurişmagan. Per Fransiyada tuğilgan, şu yerda özi uçun munosib bölgan karera qilgan bölişiga qaramasdan, asl vatani Gabon terma jamoasi uçun töp surişni istadi. Ammo yolğiz otning çangi çiqmas deganlaridek, birgina Obameyang bilan terma jamoa bunday murakkab vazifani uddalaşi qiyin albatta.
Bu safargi saralaş bosqiçida hatto Obameyangning ham yordami sezilmadi. Olti uçraşuvda Per-Emerik birorta ham töp kirita olmadi va jamoasi haqli ravişda JÇda iştirok etiş huquqidan mahrum böldi.
Aren Robben, Niderlandiya

Jahon çempionatida iştirok etiş uçun eng haqli ikki futbolçidan biri sifatida ikkilanmasdan Aren Robbenni körsatiş mumkin. Uning yoşi allaqaçon 30lik dovondan oşib böldi, ammo u hamon terma jamoani ortidan ergaştirib yurişda davom etayotgandi. Afsuski, uning sönggi urinişi muvaffaqiyatsiz çiqdi. Robbenni Qatardagi JÇda tasavvur qiliş — deyarli imkonsiz. U Niderlandiya uçun qölidan kelganini qildi, ammo hammasi uning uçun omadsiz tugadi.
Yan Oblak, Sloveniya

Taqdir hazilini qarang, deyarli örtamiyonalar safiga ham kirmaydigan Sloveniyadek terma jamoa safida ham ançadan buyon top-futbolçilar yetişib çiqqan. Ayniqsa, sönggi yillarda jamoa bir yöla ikki top-davrozabonning paydo bölişi e'tiborga molik. Yaxşiyamki, Yan Oblak va Samir Handanoviçning yoşi örtasidagi farq yetarliça – 9 yil, bu ikki futbolçi ham terma jamoa uçun yetarliça öynay olişidan dalolat. Ammo turt yillik eng nufuzli musobaqasida iştirok etiş uçun ularning özi yetarli emas. «Inter» darvozaboni terma jamoadagi faoliyatini tugatgan va Oblak jamoadagi yagona yulduz bölib qolmoqda. Yanning mö'jizakor öyinlari tufayli jamoa saralaşda atigi 7ta gol ötkazib yubordi, biroq hujum çiziğidagi «ölik» öyin jamoaga heç bölmasa pley-offda qatnaşiş imkonini ham bermadi.
























