Amerikaning The New York Times naşri yaqin orada turmuşni ilmiy-fantastika filmlaridagi kabi tubdan özgartirib yuboradigan yangi texnologiyalar röyxatini tuzib çiqdi.
1. Soğliqni saqlaş sohasida sun'iy intellekt

Neyrotarmoqlar tibbiy xizmat körsatiş sohasida haqiqiy inqilob yasaşi mumkin. Çuqur örgatiş sun'iy intellektni MRT va rentgen suratlari orqali bemorga taşxis qöyadigan darajaga olib çiqadi. Masalan, neyrotarmoq millionlab retinal suratlarni tahlil qilib, diabetik közi ojizlikning dastlabki bosqiçini aniqlaydi. U kompyuter tomografiya suratlarini körib çiqib, öpka saratoniga taşxis qöya oladi. Bunday texnologiyalar malakali şifokorlar yetişmaydigan mintaqalar uçun juda zarur. Xususan, Google kompaniyasi Hindistonning ikki şifoxonasida sinov dasturlarini işga tuşirmoqda. Infervision startapi esa Xitoyda faoliyat körsatmoqda. Şuningdek, tez orada sun'iy intellekt farmatsevtlarga yordamga kelib, turli dori-darmonlar ixtiro qilişga yordam beradi va ularning inson tanasiga ta'sirini örgatadi.
2. Kompyuterlar bilan muloqot
Yaqinda Vaşington ştati universiteti professori Lyuk Tsettlmayyer oğzaki nutqni taniş texnologiyasida olğa qadam taşlangani haqida bayonot berdi. Yaqin orada, nafaqat maxsus buyruqlarni, oddiy inson nutqini tuşuna oladigan qurilmalar işlab çiqariladi. Bu borada Google, Facebook va Microsoft kompaniyalari ança ilgarilab ketdi. Ular yaqin kelajakda bizlarning telefonlar, avtomobillar va umuman har qanday qurilmalar bilan muloqot qilişga doir tasavvurimizni özgartirib yuborişga va'da berişmoqda.
Replika startapi ham xuddi şunday texnologiya ustida işlayapti.
3. Fikrlarni öqiş

Ayrim kompaniyalarning fikriça, kelajak ovozli buyruqlar emas, balki kompyuter bilan fikran muloqot qila olişda ekanini aytmoqda. Neurable startapi, hozirda, qahramonlarini fikr kuçi bilan boşqariş uçun elektroentsefalografiyadan foydalaniş ustida boş qotirmoqda. Albatta, har safar kompyuter bilan işlaş uçun elektrodlarni boşga mahkamlaş juda ham qulay emas. Ammo Facebook fikriça, texnologiyalarni takomillaştiriş va optik datçikli yanada kuçli tizimlarni işlab çiqiş mumkin. Şunday ekan, fikr kuçi yordamida 5 marta tezroq matnni kiritiş mumkin böladi.

















