Italiya ramzlaridan biri “Italyanlar qöşiği” mamlakatning milliy madhiyasi sifatida tasdiqlandi. Madhiya matni Goffredo Mameliga tegişli. Uşbu qarorni 15 noyabrda Italiya parlamenti senatining konstitutsiyaviy komissiyasi qabul qildi.   

Italiya respublikasi 71 yil avval taşkil topgandan beri barça davlat tadbirlari va sport musobaqalarida yangrab kelgan “Mameli madhiyasi” de-fakto mamlakat madhiyasi bölgan, biroq bu konstitutsiyaga biriktirib qöyilmagan bölgan. Endi bu holat konstitutsiyada qayd qilinadi. Unda madhiya “Italyanlar qöşiği” (Il Canto degli Italiani) sifatida körsatiladi. Madhiyaning “Italiya oğa-inilari” nomi bilan ham ma'lum bölgan matni uzoq 1847 yilda yozuvçi va şoir Goffredo Mameli tomonidan yozilgan. Musiqa muallifi Mikele Novaro hisoblanadi. 

1980-yillar boşidan “Mameli gimni”ni haddan taşqari siyosiylaşgani vaji ostida Juzeppe Verdining “Nabukko” operasidagi “Öylar, oltin qanotlarda parvoz qil” qöşiğiga almaştiriş borasida tortişib kelingan.