Şimoliy Koreya OAV fikriça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inni haqorat qilgani uçun ölim jazosiga loyiqdir, deb xabar bermoqda Sky News.

Ma'lum qilinişiça, Tramp yaqinda taşrif buyurgan Osiyoning 5 ta davlatini Şimoliy Koreya öz raketa sinovlarini töxtatişi uçun unga bosim körsatişga çaqirgani uçun “qabih jinoyatçi” deb atalgan.

“Uning heç qaçon afv etilmaydigan eng yomon jinoyati şundaki, u oliy rahbariyatning obrösiga içiqoralik bilan ziyon yetkazişga botina oldi. U koreys xalqi tomonidan ölimga mahkum qilingan bir qabih jinoyatçidir”, deb aytilgan Şimoliy Koreya OAVda.

Ta'kidlanişiça, Kim Çen In AQŞ bilan keskinlik avj olgan vaqtdagi 2 oylik tanaffusdan keyin yana ommaviy safarlarini boşladi. 

Avvalroq Tramp Şimoliy Koreya rahbari tomondan haqoratlarga uçraşiga qaramasdan, u bilan bir kun kelib döstlaşişiga umid qilgan.