Şveytsariyaning Credit Suisse banki Qozoğistonni aholisining moddiy farovonligi körsatkiçi beş ming dollardan past bölgan davlatlar qatoriga kiritdi. Bu haqda Global Wealth Report 2017 har yillik hisobotida aytiladi.

Ta'kidlanişiça, Qozoğistondan taşqari bu guruhga sobiq Sovetlar Ittifoqining boşqa davlatlari ham kiritildi: Moldova, Ukraina, Belarus, Qirğiziston. Şuningdek, guruhdan Bangladeş, Nepal, Kambodja, Misr hamda Şri-Lanka joy olgan. Bundan taşqari, Markaziy Afrikaning deyarli barça davlatlari qaşşoqlar safidan örin egalladi (Angola, Ekvatorial Gvineya va Gabondan taşqari).

Qayd etilişiça, voyaga yetgan fuqarosining moddiy farovonligi körsatkiçi 5000-25 000 dollar bölgan guruhga eng köp davlatlar kirgan: Hindiston, Rossiya, Braziliya, Indoneziya, Filippin, Turkiya, Argentina, Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Salvador, Meksika, Panama, Paragvay, Jazoir, Iordaniya, Livan, Marokaş va Tunis, Albaniya, Armaniston, Ozarboyjon, Bosniya, Gruziya, Makedoniya, Möğuliston.

25-100 ming dollarlik guruhdan esa Xitoy, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Liviya, Peru hamda Çili joy oldi.

Moddiy farovonlik körsatkiçi 100 ming dollardan ortiq bölgan mamlakatlar guruhida: AQŞ, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Şvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya bor.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yer aholisining umumiy davlati rekord darajaga yetgani xabar berilgandi.