2017 yilning 15 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi ötkazilmoqda. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasidagi hamkorlik, bu borada amalga oşirilgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Videoselektor yiğilişida iştirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, prezident huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikning oldini oliş masalasida barça viloyatlar kesimi böyiça töxtalib ötdi. Ta'kidlanişiça, Toşkent şahrida yilning oxirgi 10 oyida 100 ming aholiga 435 ta sodir etilgan jinoyat töğri kelgan. Bu respublika böyiça birinçi örinda ekani qayd etildi. Bundan taşqari, Navoiy viloyatida 100 ming kişiga 285 ta, Sirdaryo viloyatida esa 277 ta, Toşkent viloyatida 245 ta jinoyat sodir bölgani aytildi.
Respublikada tan jarohati yetkaziş, talonçilik, öğrilik, firibgarlik jinoyatlari sönggi paytlarda juda ham köp sodir etilayotganligini tilga olindi.











