AQŞ prezidenti Donald Tramp uning Osiyo böylab turnesi “ulkan muvaffaqiyat bilan” ötganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bizning delegatsiyani, jumladan meni ulkan mehmondöstlik, iliqlik va eng asosiysi, hurmat bilan qabul qilişdi”, deb aytdi Tramp Oq uydagi çiqişida.
“Safar davomida butun dunyo kuçli, mağrur va öziga işongan Amerikani kördi”, deb aytdi Tramp.
U, şuningdek, Osiyoga taşrifidan közlangan maqsadlar xususida töxtalib ötdi.
“Ikki boş maqsaddan biri halol va özaro manfaatli bölişi kerak bölgan savdo bitimlari böyiça muzokaralar böldi”, deb ta'kidlab ötdi Tramp.
Uning aytişiça, u avvalgi ma'muriyat tomondan tuzilgan, AQŞ uçun “falokatli” bölgan Janubiy Koreya bilan savdo bitimini özgartiriş böyiça muvaffaqiyatli muzokaralar ötkazdi.
Tramp şuningdek Xitoy kompaniyalari bilan 200 mlrd dollarlik şartnomalar tuzilişida hissasi katta bölganini aytib ötdi.
Tramp 12 kun davomida Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam va Filippinda böldi. U Vetnamda Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi va Filippinda Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) sammitlarida iştirok etdi.
Tramp avvalroq Osiyo böylab turnesi vaqtida köplab yangi döstlar orttirganini aytib ötgandi.












