Yaqin Şarqdagi asosiy öyinçilar. Saudiya Arabistoni va Eronning mintaqadagi yetakçilik uçun kuraşi
|20:00 / 17.11.201733 87914 min
Eron va Saudiya Arabistoni azaldan mintaqadagi yetakçilikni öz qöliga oliş uçun raqobat qilib keladi, ammo keyingi vaqtlarda ikki davlat örtasidagi munosabatlar yanada keskinlaşdi.
Muhammad ibn Salmon va Hasan Ruhoniy / GETTY IMAGES
Ikki davlat ham Yaqin Şarqda öz tarafdorlariga ega, şu tufayli mintaqada bir qadar kuçlar muvozanati yuzaga kelgan. BBC Yaqin Şarqdagi nufuz uçun kuraşni tahlil qildi.
Saudiya Arabistoni
Bu qirollikning asosiy aholisi sunniylar, bu ölka islom dini vatani hisoblanadi va bu ölkada muqaddas qadamjolar joylaşgan. Bundan taşqari, qirollik ulkan neft zaxiralariga ega va qora oltin eksporti evaziga dunyoning eng boy davlatlaridan biriga aylangan.
Saudiya Arabistoni doimo Eron Yaqin Şarqdagi örnini yanada mustahkamlab, yetakçiga aylanişidan xavfsirab keladi, şialar davlatining ta'siri kengayişini istamaydi.
Saudiya Arabistoni va Eron özaro duşmanona munosabatlarda bölişini AQŞ prezidenti Donald Tramp ham ma'qullaydi, AQŞ Tehronni özining asosiy duşmanlaridan biri sifatida biladi.
Saudiya Arabistoni taxtining yoş va şijoatli valiahdi, şahzoda Muhammad ibn Salmon ayni vaqtda qöşni Yaman hududida isyonçi husiyçilarga qarşi kuraş olib bormoqda. Saudiyaliklar Eronni isyonçilarni qöllab-quvvatlaşda ayblaydi, Tehron bu ayblovni qat'iyan rad etadi.
Saudiya Yamanda husiyçilarga qarşi arab koalitsiyasiga boşçilik qiladi / GETTY IMAGES
Saudiya Arabistoni öz navbatida Suriyada Başar Asadni ağdariş uçun kuraş olib borayotgan kuçlarni qöllab-quvvatlaydi. Başar Asad esa Eronning asosiy ittifoqçisidir.
Saudiya Arabistoni qurolli kuçlari - mintaqadagi eng kuçli armiyalardan biriga ega, Ar-Riyod dunyodagi eng yirik qurol importyorlaridan biri. Saudiya armiyasi 227 ming askardan taşkil topgan.
Mavzuga oid
Eron
Eron 1979 yilda şoh taxtdan ağdarilgaç, Islom respublikasiga aylangan. Siyosiy hokimiyat oyatulloh boşçiligidagi mutaassib dindorlar qöliga ötgan.
Eronning 80 millionlik aholisining aksar qismi şia mahzabidagi musulmonlar hisoblanadi, bu eng köp şialar yaşaydigan davlatdir. Mamlakatning taşqi va içki siyosatiga oid yakuniy qarorlarni diniy rahnamo Ali Xomanaiy qabul qiladi.
Keyingi 10 yilda Eronning mintaqadagi nufuzi keskin darajada ösdi, Iroqda Saddam Husaynning rejimi ağdarilişi Eronga qöl keldi.
Eron Suriya prezidenti Başar Asadni IŞID va boşqa muxolif guruhlarga qarşi uruşda faol qöllab-quvvatlab keladi.
Eron armiyasining ilğor qismlari - «Islom inqilobi qöriqçilari korpusi» Suriya va Iroq hududida jangarilarga qarşi muvaffaqiyatli harbiy amaliyotlar ötkazib keladi.
«Islom inqilobi qöriqçilari korpusi» Eronning asosiy kuçi / GETTY IMAGES
Eron Saudiya Arabistonini Livandagi vaziyatni beqarorlaştirişga harakat qilişda ayblaydi, bu yerda hukumat asosan şialardan iborat, Eron tomonidan qöllanuvçi «Hizbulloh» harakati vakillari tomonidan şakllangan.
Eronning asosiy duşmani Qöşma ştatlar hisoblanadi.
Eron raketa tizimlarini rivojlantirib kelmoqda va AQŞ bunga qattiq qarşilik qiladi. Eron Qurolli kuçlari tarkibi 534 ming nafar harbiydan («Islom inqilobi qöriqçilari korpusi» bilan birga) iborat.
AQŞ
AQŞ va Eron munosabatlari ön yillardan buyon tarang holatda saqlanib qolmoqda. 1953 yilda MQB Eron boş vaziri Muhammad Musaddiqni ağdargan, 1978 yilda islom inqilobi röy berib şoh Muhammad Rizo Pahlaviy taxtdan ağdarilgan, 80-yillarda Amerikaning Tehrondagi elçixonasiga hujum qilinib, odamlar garovga olingan. Bularning barçasi ikki mamlakat örtasidagi nizolarning muhim nuqtalari edi.
Saudiya Arabistoni azaldan AQŞning sodiq ittifoqçisi bölib kelgan. Faqat Obama ma'muriyati davrida uzoqlaşiş kuzatildi, bu Vaşingtonning Eron bilan siyosiy aloqalarni yaxşilaşga bölgan urinişlari tufayli edi.
Yangi prezident Tramp esa Eronga nisbatan toqatsiz siyosat yurgizmoqda, u Obama taşabbusi bilan tuzilgan tarixiy yadro kelişuvini bekor qilmoqçi.
Saudiya Arabistoni doim AQŞga tayanadi / GETTY IMAGES
U Saudiya Arabistonining hozirgi qiroli bilan ham va bölajak qiroli bilan ham döst hisoblanadi.
Tramp va uning ma'muriyati heç qaçon radikal islomni tanqid qilmagan, ular faqat Eronni terrorizmga aloqadorlikda ayblaşadi. Saudiya fuqarolarining AQŞga kirişiga heç qanday tösiq yöq.
Donald Tramp Yaqin Şarqqa ilk taşrifi vaqtida Saudiya va Isroil rahbarlari bilan uçraşdi, u bu davlatlarning kuçidan mintaqada Eronga qarşi harakatlarda foydalanişni maqsad qilgan.
Saudiya Arabistoni har yili AQŞdan katta miqdorda qurollar sotib olmoqda.
Rossiya
Rossiya - bu mintaqada bir vaqtning özida Saudiya Arabistoni bilan ham, Eron bilan ham yaxşi aloqalarga ega yagona öyinçi. Ikki davlat bilan ham Rossiya qalin iqtisodiy aloqalar örnatgan, ruslar arablarga ham, forslarga ham qurol sotadi.
Rossiya Tehron va Ar-Riyod ziddiyatida bir tomonda emas, örtada, vositaçi sifatida turadi.
Rossiya Yaqin Şarq mojarolariga sovuq uruş davrida jalb etilgandi, öşanda Sovet Ittifoqi Suriyaga qurollar yetkazib bergan, suriyalik zobitlarni tayyorlagan.
Moskvaning Suriyaga va mintaqaga ta'siri SSSR parçalanganidan keyin susaygandi, ammo oxirgi yillarda Kreml mintaqaga yana çuqur kirib keldi.
Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi yordamida hududining 90 foizini jangarilardan ozod etdi
Rossiya 2015 yil kuzidan buyon Suriya armiyasiga hamda Başar Asad tomonida turgan eronparast kuçlarga havodan turib muxolifat guruhlariga va IŞID jangarilariga qarşi harbiy amaliyotlarda katta kömak bermoqda.
Turkiya
Turkiya ham Eron va Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarini bir maromda tutib turadi, şuningdek, Yaqin Şarqdagi siyosiy hamda harbiy örnini tez-tez özgartiradi.
2002 yili hokimiyatga Adolat va taraqqiyot partiyasi kelganidan keyin Anqara Yaqin Şarqqa jiddiy e'tibor qarata boşladi.
Asosiy aholisi sunniylar bölgan Turkiya Saudiya Arabistoni bilan özini diniy tomondan yaqin hisoblaydi va Suriya hukumatiga qarşi ittifoqçilik qiladi.
Erdöğan Saudiya bilan nizo vaqtida Qatarni qöllab-quvvatladi / ADEM ALTAN
Şu bilan birgalikda, Turkiya Eronga ham yuz ögirmaydi, biroz avvalroq ikki davlat kurdlarga qarşi ittifoq tuzdi, mustaqil davlat tuziş istagidagi kurdlar Eronga ham Turkiyaga ham umumiy xavfdir.
Isroil
1948 yilda taşkil etilgan Isroil bilan yigirmadan ortiq arab davlatidan faqat Misr va Iordaniya bilan diplomatik aloqaga ega.
Eron va Isroil murosasiz duşmanlar sanalişadi. Eron Isroilning mavjudligini tan olmaydi va bu davlatni yöq qilib taşlaşga çaqiradi.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu hamişa jahon hamjamiyatini Eron yadro quroliga egalik qilişiga yöl qöymaslikka undaydi va Tehron bilan yadroviy kelişuvni bekor qiliş orqali uning mintaqada agressiv siyosat yuritişga bölgan intilişlarini jilovlaşni söraydi.
Isroil boş vaziri Trampni Eron terrorizmiga qarşi muvaffaqiyatli harakatlari bilan tabrikladi
Netanyaxuning sözlariga köra, bir qator arab davlatlari Eronning mintaqadagi nufuzi ortişiga qarşilik qiliş uçun Isroil bilan ittifoq tuzişga ham tayyor. Ammo Saudiya Arabistoni OAVda tarqalgan, saudiyalik şahzodalardan biri sentabr oyida maxfiy muzokaralar ötkaziş uçun Isroilga borgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Misr
Misr tez-tez Yaqin Şarq masalasida muhim örin egallab turadi. Bu davlat tarixan Eron bilan emas, Saudiya Arabistoni bilan yaqin. Ayniqsa Eronda islom inqilobi röy berganidan keyin.
Saudiyaliklar ham misrliklar armiyasini qöllab-quvvatlab turadi, 2013 yilda radikal Muxammad Mursiy hokimiyatdan çetlatilişida saudiyaliklarning örni bor.
Şu bilan birga Misr Eron bilan aloqalarni töla uzmagan. Tehron Misr va Iroq örtasidagi neft böyiça kelişuvda vositaçilik qilgan. 2016 yilning oktabrida saudiyaliklarning Aramco kompaniyasi Misrga neft yetkazib berişni töxtatgandi.
Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi ziddiyat kuçaygaç, Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi tomonlarni murosa qilişga va Fors körfazining xavfsizligiga rahna solmaslikka çaqirdi.
Fors körfazi xavfsizligi - Misr xavfsizligi demak. Men Saudiya Arabistonining doniş qaror çiqarişiga işonaman - Misr prezidenti
Suriya
Prezident Başar Asad hukumati yuqorida aytilganidek, Eronning yaqin dösti va Saudiya Arabistonining duşmani.
Eron hamişa Suriya hukumatiga va armiyasiga isyonçilarga qarşi kuraşda yordam berib keladi.
Eron Asadni şialarning alaviylar tarmoğiga mansubligi uçun ham qöllaydi. Suriya Eron uçun Livandagi «Hizbulloh» harakatini qurol-yaroğ bilan ta'minlaşdagi yölak sifatida ham xizmat qiladi.
«Hizbulloh»ning minglab jangçilari Suriya hukumati uçun uruşadi. Ekspertlarning fikriça, bu guruhni köngillilar laşkari emas, zamonaviy armiya sifatida qaraş mumkin.
Suriya doimiy ravişda Saudiya Arabistonini terrorçilarni qöllaşda va Yaqin Şarqdagi tinçlikni buzişda ayblab keladi.
Foto: STRINGER
Iroq
Iroq 14 yildan buyon AQŞ ta'sirida. 2001 yil 11 sentabr voqeasidan ortidan harbiy kampaniya boşlangan, 2003 yil 9 aprelida, 20 kunlik yurişlardan keyin Saddam Husayn armiyasi yengilib, amerikalik harbiylar Iroq poytaxti Bağdodni işğol qilgandi.
Foto: Reuters
Amerika «Al-Qoida»ga qarşi kuraş şiori ostida Iroqqa kirgandi. Ammo keyin Iroqda «Al-Qoida» yöqligi ma'lum böldi. AQŞning bostirib kirişi mamlakatda aks ta'sir körsatdi. Saddam Husayn rejimi davrida jilovlangan ekstremistlar endi erkin harakatlana boşlaşdi va dastlabki 3 yil içida mamlakatda teraktlar hajmi 7 barobarga ösib ketdi.
2011 yilning 18 dekabrida AQŞ Iroqni tark etdi, lekin hokimiyat amerikaparst kuçlar qölida qoldi. 22 dekabr kuni Bağdodda yirik terakt sodir etildi, kamida 72 kişi halok bölib, yuzlab kişilar jarohatlandi. Şu kuni mamlakat böylab teraktlar seriyasi kuzatildi. Şundan beri mamlakat teraktlar botqoğiga botdi, minglab kişilar xunrezliklar qurboniga aylandi.
2014 yilning birinçi kunida mamlakatda fuqarolik uruşi boşlanib ketdi, 1 yanvar kuni IŞID jangarilari Mösul şahriga hujum qildi.
Iroq AQŞ boşçiligidagi harbiy koalitsiya kömagida IŞIDga qarşi 3 yil davomida uruş olib bordi. Şu yil kuzida Mösul ozod etilişi bilan bu uruş tugadi, ammo endi şimolda Kurdiston bilan muammo yuzaga kelmoqda. Mustaqillik istayotgan kurdlar davlat yaxlitligiga daxl qilmoqda.
Bu muammolari fonida Iroq hukumati Saudiya Arabistoni va Eron qarama-qarşiligidan çetda turadi. Bu davlatda faqat AQŞ va Turkiya manfaatlariga ega. AQŞ bu ölkada demokratiya örnatiş uçun harakat olib borgan bölsa, Turkiya Iroqning şimolidagi kurdlar mustaqillikka erişişi va bu öz hududidagi kurdlarni ilhomlantirişidan çöçiydi. Qolaversa, hudud turklar uçun tarixiy vatan hisoblanadi. Şuningdek, millionlab kurdlar istiqomat qiladigan Eron ham Iroqning parçalanişini istamaydi.
Livan
Livanning Eron va Saudiya Arabistoni qarama-qarşiligi böyiça pozitsiyasini ikkiyoqlama deb ataş mumkin.
Livan boş vaziri, şu oy boşida Saudiya Arabistonida turib öz iste'fosi haqida ma'lum qilgan Saad Haririy saudiyaliklar bilan yaqin aloqalarga ega va ularni Eronga qarşi ziddiyatda qöllaydi.
Foto: Saad Haririy / GETTY IMAGES
Ammo «Hizbulloh»ning Livandagi bölinmasi Eronning ittifoqçisi hisoblanadi. Bu taşkilot rahbari Hasan Nasrulloh tez-tez Saudiya hukumatiga tanqid yoğdirib turadi.
Fors körfazi davlatlari
Foto: GETTY IMAGES
Ötmişda Fors körfazi davlatlari, Qatar, Bahrayn va Kuvayt Saudiya Arabistoni bilan yaqin aloqalarga ega edi.
Ammo yil boşida Qatar va Saudiya Arabistoni munosabatlari sovuqlaşdi, öşanda Qatar Ar-Riyodning Tehron bilan munosabatlarni uzil-kesil uziş borasidagi talabini bajarmagandi.
Iyul oyida avval Saudiya Arabistoni, uning ortidan Birlaşgan Arab Amirliklari, Misr, Bahrayn va boşqa köplab arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzib, unga iqtisodiy qamal e'lon qilişdi. Eron esa Qatarni yolğiz qoldirmadi va birinçi kuniyoq oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan 5ta samolyotni Dohaga yölladi.
Avgust oyida Qatar va Eron diplomatik munosabatlarni yuqori darajaga kötardi, ikki davlat munosabatlari ötmişda Saudiya Arabistonining Erondagi diplomatik missiyalariga qilingan hujumlar oqibatida susaygandi.
Bu vaqtda Bahrayn va Kuvayt Saudiya Arabistoni tomonida turişda davom etmoqda.
Bahrayn aholisining 70 foizi şialar bölsada, asosiy siyosiy va harbiy lavozimlarni sunniylarga mansub qirollik xonadoni vakillari egallaşgan.
Bahrayn bir neça marta Eronni «terrorçilar uyasi» sifatida atab, Eron hukumatini boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşişda ayblaydi. Şuningdek, mamlakat içidagi şialar muxolifati Eron tomonidan faol qöllab-quvvatlanişi iddao etiladi.
Oktyabr oyi boşida Bahrayn hukumati «Islom inqilobi qöriqçilari korpusi» Bahrayn xavfsizligiga kuçli darajada tahdid solayotganidan şikoyat qilgandi.
Kuvayt esa Qatarni blokada qilişda iştirok etmagan bölsada, bu davlat hukumati Eron emas, Saudiya Arabistoni tomonida turadi.
Fevral oyida Kuvayt arab-fors munosabatlarini yaxşilaşga çaqirgandi, öşanda 2013 yildagi saylovlardan beri ilk marta Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Manamaga taşrif buyurgandi.
Lekin Eron va Saudiya Arabistoni örtasida munosabatlar yana taranglaşa boşlagaç, Kuvayt 15 nafar eronlik diplomatni mamlakatdan çiqarib yubordi va Eronning barça harbiy, madaniy va savdo missiyalarini yopdi.