Xitoyning OnePlus kompaniyasi 5T smartfonini taqdim etdi. U 2017 yilning yozida çiqqan OnePlus 5’ning yaxşilangan versiyasidir. Avvalgi modeldan eng katta farq şundan iboratki, dizayn “ramkasiz”, pastki panelda barmoqlar izi uçun skaner yöq, qurilma tomonidan yuzni taniş tizimi paydo böldi.
Face Unlock texnologiyasi yuzni skanerdan ötkaziş uçun infraqizil sensorlarsiz faqat frontal kamerani işlatadi. OnePlus qurilmani “oçiş” tezligiga asosiy e'tiborni qaratgan: işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, tizim 0,2 soniya içida işlaydi. Şu bilan birga, barmoq datçigi qolgan bölib, şunçaki orqa panelga ötkazildi.

OnePlus 5 bilan taqqoslaganda, yangi model ekrani diagonali 5,5 dan 6 dyuymga qadar oşdi, biroq korpus hajmi ramkalarning kiçraytirilişi tufayli avvalgidek qolgan. Smartfonning orqa kamerasi deyarli özgarmadi: faqat tunda yaxşilangan s'yomka uçun ikkinçi kamera diafragmasi özgartirildi. Frontal kamera ölçami 16 Mp.ga qadar oşdi.
Telefonning 6 GB operativ xotira va 64 GB içki xotiraga ega versiyasi 499 dollar turadi. 8 GB operativ xotira hamda 128 GB içki xotiralisi esa – 559 dollar. AQŞda qurilma 21 noyabrdan sotuvga çiqadi.

















