Bu haqda The Verge naşri xabar berdi.
Yangi smartfonda foydalanuvçilar avval biror joyda e'lon qilinmagan funksiyani aniqlaşdi. Qurilmaning 5 Mpli qöşimça kamerasi odam köziga körinmaydigan infraqizil nurlanişni ilğay olişi ma'lum bölgan. Bu nurlaniş ba'zi buyumlar içini köriş imkonini beradi. Bu jihat aniqlangaç, foydalanuvçilar “ermak qilib”, rentgen nuri kabi işlovçi uşbu rejimni turli buyumlarda sinay boşlaşgan va internetda buning köplab namunalari paydo böla boşlagan.
Gap şundaki, infraqizil nurlaniş inson közi köradigan yoruğlik nuridan farqli, ba'zi materiallar orqali öta oladi. Şu tamoyil asosida tungi köriş qurilmalari va teplovizorlar işlaydi.
Ta'kidlaş joiz, köplab zamonaviy smartfonlarning flagman modellarida şunday yösinda qöllaş mumkin bölgan infraqizil sensorlarni uçratiş mumkin.
Smartfon kamerasining bu imkoniyatga ega fotoxrom filtri işlaşini latviyalik bloger Ben Geskin öz videosida yaqqol namoyiş qildi. U bu funksiyani TV-pristavkada qöllab körgan va aytiş kerakki, natija hayratlantirmay qolmaydi. Videoda bloger kamerani usti plastikdan işlangan qora rangli pristavkaga yönaltirganda uning içidagi detallarni köriş mumkin bölgan.
One of the best examples 🤯#OnePlus8Pro Color Filter Camera can see through some plastic pic.twitter.com/UkaxdyV6yP
— Ben Geskin (@BenGeskin) May 13, 2020
“OnePlus 8 Pro kamerasi fotoxrom filtri ba'zi plastik buyumlar içidagilarni köra oladi. Bu Oculus Quest uçun kontrollyor misolida şunday köriniş oladi”, deb yozgan u boşqa bir videoda.
#OnePlus8Pro Color Filter camera can see through some plastic objecs 😯
— Ben Geskin (@BenGeskin) May 13, 2020
Here I tried Oculus Quest controllers pic.twitter.com/z9j4hlkioB

















