Singapur hukumati Şimoliy Koreya bilan savdo munosabatlarini töxtatdi. Bu BMTning Pxenyanga nisbatan sanksiyalari kuçaytirilgani tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Channel News Asia bojxona xizmatining tegişli hujjatiga tayangan holda.

«Singapur Şimoliy Koreya bilan barça savdo munosabatlarni taqiqlaydi. Bu ham mahsulotni xarid qiliş, ham sotişga taalluqli», - deya hujjat matnidan parça keltiradi telekanal.

Ta'kidlanişiça, KXDR bilan savdoga qöyilgan taqiqning takroriy buzilişi 200 ming dollarlik jarima yoki uç yilgaça bölgan muddatga ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Avvalroq Yaponiya, AQŞ va Avstraliya KXDR böyiça kelişib olgani xabar berilgandi.