Tahririyatimizga «Özbekiston temir yöllari» AJga qaraşli «Jomboy kömir ombori»da kömir olişda sansalorlik va sun'iy yuzaga keltirilayotgan taqçillik ortidan turli «öyinlar»ga duç kelayotgan urgutlik fuqarolardan telefon orqali şikoyat kelib tuşdi.
Vaziyatga oydinlik kiritiş, umuman, Samarqand viloyatida tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan aholi xonadonlariga kömir yetkazib beriş qay ahvolda ekanligi bilan tanişiş uçun viloyatdagi «Jomboy», «Zarafşon» va «Maroqand» kömir omborlari bilan tanişdik.
Jomboydagi omborga borar ekanmiz, köçaning ikki tomoni ellik çoğli yuk maşinalarga töla ekanligi, odamlar ombor darvozasi oldida gavjumlaşib turganiga guvoh böldik. Çap tarafdan navbatsiz omborga kirişga uringan avtomaşinalardan birining haydovçisini kimdir çiqib sökdi. U ombor mudiri Orif Qurbonov ekan. Özimni taniştirib, undan vaziyat haqida söradim.
«Boşqalarga qat'iy navbatga köra, nogironlarga esa navbatsiz kömir tarqatmoqdamiz», — dedi «Jomboy» ombori mudiri O.Qurbonov.
«Qaysi tumanlarga kömir tarqatyapsizlar?»
«Bu yerdan Jomboy, Tayloq, Urgut, Payariq va Samarqand tumani aholisi kömir olib ketmoqda. Oluvçi juda köp, öz-özidan navbat hosil böladi. 2–3 kunlab turganlar bor, yaxşi xabardorman. Kuniga 8–9 ta vagonni yuklab aholiga kömir tarqatmoqdamiz. Iş vaqtimiz soat 17:00 ga bölsa ham, keçgaça işlayapmiz».
Biroq Urgut tumani «Jayratepa» mahallasidan murojaat qilgan 1-guruh nogironi (közlari ojiz) Temur Nuriyevning hikoya qilişiça, qöliga kömir oliş uçun çek berilganidan söng, «siz bu yerda turavermang, jiyaningizni qoldirib ketsangiz böldi, orqangizdan şu bugunoq yetkazamiz», deyilganidan söng u 70 km uzoqlikdagi uyiga ketadi. Kömir oliş uçun qolgan jiyani «toğa, bular bugun kömir beradiganga öxşamayapti», degaç, qöşnisining maşinasida yana omborga qaytib keladi. «Bugun ombor yopildi, ertaga ertalab, birinçi navbatda olasiz», degan javobni eşitadi.
Ertasi kuni biz omborga yetib borganimizda, soat 15:30 edi. T.Nuriyevga kömir şu vaqtda yuklab berilayotgan edi.
Köçada navbat kutayotgan fuqarolarni sekin suhbatga tortamiz: Tayloq tumani «Ğulba» mahallasidan kelgan D.Mamatqulova şunday deydi:
— Mahallamiz navbatga qöyilganida menga kömir yetmasdan qolib ketdim. Mana endi 3 kundan beri sarsonman. Mahallaga ajratilgan kuni kelib kömir ololsangiz oldingiz, bölmasa mahallangiz keyingi marta navbatga qöyilganga qadar kutişga majbur bölar ekansiz.
Mavzuga oid
«Har bir tuman yoki mahalla uçun navbat bilan bir kun, biror soat ajratilsa kişilar sarson bölmas edi. Hozir aralaş berib yotilibdi», — deb gapga aralaşdi kömir kutayotgan fuqarolardan yana biri.
«Bu yerda taniş-bilişlik juda yaxşi yölga qöyilgan. Masalan, şu yerdagi Jomboyning mahalliy ZIL yuk avtomaşinalari 25-30 km naridagi Tayloqqa 600 ming sömga, 50-60 km Urgutdagi qişloqlarga 700-750 ming sömga boryapti. Bunça pulga köçada istalgan katta «Kamaz» maşinasi Toşkent şahrigaça boradi. Holbuki, köçadan Urgutgaça 170-200 ming sömga maşina gaplaşib kelsa böladi. Şunça pulga gaplaşib kelinganlar, mana, öng tomonda turnaqator bölib tizilib turişibdi. Çap tomondan navbatsiz kirişga urinayotganlar — Jomboyning mahalliy avtomaşinalari. 700 ming söm bersangiz bas — Urgutga kömiringiz navbatsiz olib yetkaziladi», deb tuşuntirişdi odamlar.
«Navbatda turgan bitta maşina kömir olgunça, navbatsiz 4 ta maşina kirib çiqyapti. Hammasi oçiq-oydin. Kuni böyi maşinani olib kelib, navbatga qöyib, kömir ololmasligingiz mumkin. Ertasi kuni navbat boşqatdan şakllantiriladi. Tuni bilan navbatga turiş uçun imkon yöq. Ombor mudiri YPX xodimlarini çaqirib, keçasi navbatda turgan yuk maşinalarini quvib yuboryapti. Axir bu turib bitgan zulmning özginasi-yu?!» — dedi urgutlik fuqarolardan yana biri.
Albatta, bunday muhitga kömir omborining aloqasi bölmasligi ham mumkin, lekin taşqarida şunday muhit yaratilgani, fuqarolarni şilişdan kim manfaatdor, degan örinli savol yuzaga keladi. Çunki, aytaylik 5 tonna kömirni kilogrammini 156,60 sömdan 783 mingga xarid qilgan odam sovuqda 2-3 kunlab sarğaymayin desa, deyarli şunça pul sarflab, uni yana 50 km naridagi uyiga olib borişga majbur bölmoqda.
O.Qurbonov obekti temiryöllar tizimidagi maxfiy obekt (nimasi maxfiy ekan?!) ekanligini rökaç qilib, iş qanday taşkil etilganini suratga olişga izn bermadi. Lekin kuzatişimizça, bitta yuklovçi traktor işlamoqda. Omborning siğimi kiçkina. Öz-özidan bunçalik navbat va uning ketidan turli qinğirlikliklar yuzaga kelişi uçun barça şaroit muhayyo.
Bu yerda ham Urgut, Oqdaryo, Payariq kabi tumanlar mahallalariga kömir berilayotgan ekan. Ombor içida tumanlardagi mahalla fuqarolar yiğini raislari ötirib, kam ta'minlangan oilalarning hujjatlarini tartibga keltirib berişmoqda. Ajratilgan kömir aholiga teng taqsimlanişini nazorat qilişmoqda.
Foto: Kun.uz
Urgut tumanining «Vağaşli» MFY raisi J.Bemuhammedov, «Kulollik» MFY raisasi D.Mahmadaminova, «Manğitobod» MFY raisi Ş.Rajabov, «Toşariq» MFY posboni B.Abduazizov navbati bilan öz mahallasi fuqarolariga kömir olib berişmoqda.
B.Abduazizovning aytişiça, ularning mahallasi oldingi kunlar «Jomboy» ombori orqali kömir olgan: «Aka, Jomboyda 4 kun turib, 2 ta oilaga kömir olib bera oldik, xolos. Mahallamiz kömirlarini majburlikdan bu omborga ötkazdik », deydi u.
Kömirning sifatini tekşiramiz. Juda yaxşi. Aholi rozi. ZIL, «Isuzu» yuk maşinalari ham 200-220 ming sömga Urgutgaça eltib berişmoqda.
Foto: Kun.uz
Ombor mudiri Komil Asliyevning jurnaldan sanab körsatişiça, soat 15:30 gaça 63 ta maşinaga kömir yuklab berilgan. Raqamlarga qaraymiz, örtaça 4–6 tonnadan.
«Kömirning mahallalarga böliniş tartibi qanday?» deb savol berdik K.Asliyevga.
— Kömir temir yöl orqali vagonlarda keladi. Bir vagonda 69 tonna kömir böladi. Respublikada bölib beruvçi bölim viloyatga telefon qilib, qança kömir jönatilganini aytadi. Viloyat tumanlarga vagonlarni böladi. Keyin tuman hokimiyati tabiiy gaz bilan ta'minlamagan mahallalarning hisobidan kelib çiqib, qaysi mahallaga neça tonna berilişi kerakligi aytadi. Biz bu yerda mahalla vakillari bilan qat'iy tartibga olib, röyxatdagi barçaga kömirni berib yuboryapmiz. Heç qanday muammo yuzaga kelayotgani yöq, — deydi K.Asliyev.
«Zarafşon» omborida relsda nimanidir kutib turgan uç ayol e'tiborimizni tortdi. Sekin suhbatga tortdik.
— Men Beknazarova Dilrabo, Urgut tumani «Algar» mahallasidanman. Bular qöşnilarimiz. Biz boquvçisini yöqotgan oila hisoblanamiz. Uçovimiz ham beva. Kömirga bizning mahallaning navbati ötib ketgan ekan, bexabar qolibmiz. Ertalabdan beri kelib, kutib, kömir ololganimiz yöq. Mahalla raisimiz kelişi kerak ekan, qönğiroq qildik, kelişni paysalga solyapti.
Vaziyatni K.Aliyevga tuşuntirdik. Ombor mudiri Urgut tuman hokimligiga qönğiroq qilib, garçi bugun navbati bölmasa-da, «Algar» mahallasiga ajratiladigan limit hisobidan fuqarolarga kömir ajratilişini kelişdi va uşbu ayollar bugun kömirsiz ketmasligini va'da berdi.
Quyoş botmasdan Past Darğom tumanidagi «Maroqand» kömir omboriga yetib bordik. U yerda ombor mudiri Egamberdi Norov va xodimlardan boşqa heç kimni uçratmadik.
Omborga kira turib közga taşlangan birinçi narsa batartiblik böldi. Korxonaning nomi, işonç telefon raqamlari, kömir va kömir briketi narxlari körinarli qilib yozib qöyilgan.
Foto: Kun.uz
«Qani kömir, qani fuqarolar, maşinalar?» deb söradik qiziqsinib.
«Allaqaçon tarqatib böldik», endi hisob-kitoblarni qilib uyga ketmoqçi bölib turgandik», — deydi E.Norov.
«29 oktabrdan boşlab kömir tarqata boşlagan bölsak, şu paytgaça 24 ta vagonni aholiga tarqatib berdik, — deydi «Maroqand» ombor mudiri E.Norov. — Ayniqsa, kömir yetkazib beriş va uning nazorati Prezidentimiz qaroriga köra «Özbekiston temir yöllari» AJ tarkibiga ötkazilgaç iş mutlaqo boşqaça tarzda taşkil qilindi. Vagonlab kömir kelmoqda. Oldingidan farqi şu böldi: kömir ehtiyoji bor aholiga çindan ham yetib bormoqda, yetkazib berilmoqda. Heç kim kömirsiz qolib ketmayapti. Urgut tumanining ayrim mahallalari, Past Darğom tumani aholisiga berib kelayotgan edik, ertadan boşlab Nurobod tumaniga kömir tarqata boşlaymiz».
Biz bu yerda ham Jomboy omboridagi vaziyat haqida gapirdik.
«Yöq, bu yerda heç kim kömirsiz qolib ketgani yöq, yoki ertasigaça kutib qolgan emas. Agar Jomboyda tiqilinç bölsa bizga bersin vagonlarni, biz tarqatamiz. Omborimizdagi relsga 9 ta vagon siğadi. Mana, körib turibsiz, joyimiz keng-möl. Har qanday yuk maşinasi siğadi. Ikkita yuklovçi transportimiz bor. Tarozimiz katta», — dedi E.Norov.
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Jomboyda xira bölgan dil keyingi omborlarga borgaç yorişdi. Tan oliş kerak, boşqa omborlarda ham vaziyat şunaqa bölsa-ya, deb çöçibroq turgan edik. Yöq, öz işiga vijdonan, sidqidildan yondaşadigan insonlar ham bor ekan.
Modomiki Jomboyda şunday tiqilinç va aholining noroziligi yuzaga kelayotgan ekan, «Maroqand» omborining keng-möl maydonidan foydalangan yaxşi emasmi? Mutasaddilar bu haqda boş qotirib körişsa bölar ekan.
Muddaomiz — respublika va viloyatdagi mutasaddilarni kömirni tumanlarga taqsimlaşda omborlarning joylaşuvi va imkoniyatidan kelib çiqib yondaşişga undaş. Ana şunda sovuq va kuzning qisqa kunlarda fuqarolar qiynalişmas edi.