AQŞda, ayniqsa Kremniy vodiysida köpçilik fastingga qiziqib qolgan, uni yana interval oçlik deb ham ataşadi. IT-kompaniyalar rahbarlari va ularning xodimlari vaqti-vaqti bilan bir neça kunga ovqatdan voz keçib, işdagi samaradorlikning yangi bosqiçiga çiqiş va hatto umrni uzaytiriş mumkin, deb hisoblaşadi. Interval oçlik nima özi va uning qandaydir ilmiy asosi bormi, zararli tomonlari yöqmi - "Meduza" naşri şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.

"Öz ustida işlaşga doir yangi trend"

2017 yilning kuzida Ğarb OAV Kremniy vodiysida oçlikning IT-kompaniyalar rahbarlari va ularning xodimlari orasida tobora ommalaşib borayotgani haqida faol yoza boşlaşdi. Bu haqida 2015 yildan beri Kaliforniyada yaşovçi va işlovçi Luka va Replika startaplari asosçisi Yevgeniya Kuyda Rossiyaning Tatler jurnaliga bergan intervyusida sözlab berdi.

"Mening meditatsiya böyiça murabbiyim, psixoterapevtim, serf böyiça şaxsiy murabbiyim va sportzalda işlovçi murabbiyim bor. Men fasting bilan şuğullanaman, ertalabdan asai-boul (soğlom turmuş tarafdorlari orasida maşhur taom) yeyman", - deydi u.

Kuydaning aytişiça, San-Frantsiskoda "barça intermittent-fasting"ga, ya'ni interval oçlikka (muayyan vaqt odatdagidek ovqatlanib, muayyan vaqt esa ovqatdan tiyilişga) qiziqib qolgan. Kuydaning  sözlariga köra, uning barça tanişlarida qança vaqt ovqatdan tiyilişni hisoblaydigan Zero ilovasi bor. The Guardian gazetasi ham buni tasdiqlamoqda: naşrning yozişiça, fasting  meditatsiya va mayndfulnessdan keyin "öz ustida işlaş böyiça yangi trendga aylandi".

Foto: instagram.com/popflex_active

Oçlikni ommalaştiruvçilar

Oçlik — yangi tajriba emas; yeguliklardan tiyiliş an'anasi köp dinlarda mavjud. XX asrda muqobil tibbiyot adepti Pol Bregg oçlik tajribasini ommalaştirdi, uning "Oçlik mö'jizasi" kitobi hatto SSSRda ham naşrdan çiqqan. Şunisi e'tiborga loyiqki, Bregg tibbiy bilimga ega bölmagan, uning özi haqida gapirgan köp gaplari esa haqiqatdan yiroq bölib çiqqan: xususan, u öz yoşini 14 yoşga oşirib aytgan (qançalik yoş körinişini aytib maqtaniş uçun) - yoki ikki marta Olimpiya öyinlarida iştirok etganini ta'kidlagan. Bregg uning maslahatlariga quloq tutib, 120 yoşgaça yaşaş mumkin, deb hisoblagan, biroq özi 81 yoşda miokard infarkti natijasida hayotdan köz yumgan.