Özbekiston Respublikasi prezidentining “Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi, Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilandi:
taekvondo WTF sport turini öqitiş va amaliy tayyorlaş uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini özlaştirgan, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlaş;
xalqaro ilğor tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bölgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotçi mutaxassislari va trenerlarini ta'lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş;
yuqori malakali trener va öqituvçilarni tayyorlaş, iqtidorli yoş sportçilarni aniqlaş, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnaşadigan professional sportçilar tayyorlaş uçun ularning könikma va bilimlarini rivojlantirişga yönaltirilgan zamonaviy öqitiş dasturlari va metodlarini işlab çiqiş;
ta'lim oluvçilarda individual qobiliyatlari va iste'dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid könikmalarni şakllantiriş;
yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlaş;
respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erişadigan hamda Özbekiston milliy terma jamoalari tarkibida iştirok etadigan iqtidorli sportçilarni tayyorlaş;
öqitiş va tayyorlaşning barça darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etiş hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular böyiça çuqur ilmiy tadqiqotlar ötkaziş;
mavjud öquv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlaş va takomillaştiriş, ta'lim jarayoniga sportçilar tayyorlaşning sifat jihatidan yangi darajasini ta'minlaydigan öqitişning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etiş.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida 2018/2019 öquv yilidan boşlab taekvondo WTF hamda sport tadbirlarini taşkil etiş va boşqariş ta'lim yönalişlari böyiça qabul kvotalarini şakllantiradi.











