Qozoğiston poytaxti Ostonada 54 yoşli ayol özini özi yoqib yubordi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz. Ma'lum bölişiça, hodisa joriy yilning 13 noyabr kuni yuz bergan. Ayol 1-sonli şahar şifoxonasiga olib ketilgan. Ostona politsiyasi voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaştirmoqda.
"13 noyabr kuni Jambil köçasida soat 12.00da yuz bergan hodisa böyiça Qozoğiston JKning 105-moddasi “Öz joniga suiqasd qilişga olib keliş” böyiça sudga qadar tergov ötkazilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi belgilangan", - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, jabrlanuvçi şifoxonaga juda oğir ahvolda yetkazilgan, 14 noyabr kuni esa u hayotdan köz yumgan.












