2017 yil 4 noyabrdan 5 noyabrga ötar keçasi noma'lum şaxs, Mirzo Uluğbek tumani hududida joylaşgan uyning yonida, fuqaro A.A.ga tegişli bölgan “Lasetti” rusumli avtomaşinasi qarovsiz qoldirilganligi, şuningdek uning kaliti öt oldiriş joyida bölganligidan foydalanib, uni olib qoçgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomaşina Mirzo Uluğbek tumani Feruza mavzesi hududida topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni, Ş.Abdumöminov sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.











