Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini 2018-2020 yillarda yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.
Hujjat bilan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki, Özbekiston Zargarlar assotsiatsiyasining Özbekiston Zargarlik sanoati assotsiatsiyasini («Özbekzargarsanoati») taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
«Özbekzargarsanoati» assotsiatsiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
Özbekiston Respublikasi turli hududlarida zargarlik san'atining asrlar davomida şakllangan an'analarini saqlab qoliş va rivojlantiriş;
zargarlik sohasini rivojlantirişning qabul qilingan çora-tadbirlar dasturini amalga oşirişni muvofiqlaştiriş, yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izçil amalga oşiriş;
tayyor zargarlik buyumlari işlab çiqariş hajmini va sifatini oşiriş böyiça işlarni samarali taşkil etiş, uning dizaynining eng talabgir yönaliş va texnologiyalarini özlaştiriş, zargarlik buyumlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlaş va standartlaştirişni ta'minlaş, sifatni boşqarişning zamonaviy usullarini keng joriy etiş;
sotiş bozorlarini kengaytiriş böyiça marketing tadqiqotlari, içki va taşqi bozorlarda zargarlik buyumlari narxlarini kuzatiş, zargarlik buyumlari eksportini oşiriş, zargarlik buyumlari narxini aniqlaşning maqbul mexanizmini işlab çiqiş böyiça takliflar tayyorlaş;
boy tajribaga ega ehtimoliy investorlar va töğridan-töğri xorijiy sarmoyalarni jalb etiş kabilar.
Qayd etilişiça, «Özbekzargarsanoati» assotsiatsiyasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qiliş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.











